“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
118
Sut va sut mahsulotlarini harorati 6°C haroratdan yuqori bo‘lmagan va yorug‘lik tushmaydigan
xonada saqlash kerak.
•sariyog‘ bilan sutni pishloq hamda qatiq va shunga o‘xshash sut mahsulotlaridan alohida
saqlagan ma’qul. Chunki bunday mahsulotlarning hidi o‘tkir bo‘ladi. Sariyog‘ning sifatini saqlash
uchun uni tuzli suvga botirilgan pergament qog‘oz yoki sochiqqa o‘rab qo‘yish kerak;
•smetana 7°C haroratdan yuqori bo‘lmagan salqin va qorong‘u
joyda yaxshi saqlanadi;
•tvorog, ayniqsa, yog‘sizi yog‘och idishda usti tuzli suvda namlangan doka bilan yopilgan
holatda uzoq
vaqt saqlanadi;
•pishloq qaysi turi bo‘lishidan qat’iy nazar, tez mog‘orlaydi. Buning oldini olish qiyin emas:
pishloqni mum surtilgan qog‘ozga o‘rab qo‘ysangiz kifoya;
•sut mahsulotlari saqlanadigan joyda yoqimsiz hid va mog‘or paydo bo‘lmasligi uchun
dezinfeksiyalash
va oqlash zarur;
•pishloqni boshqa oziq-ovqatlardan alohida saqlanadi. Sababi uning hidi boshqa mahsulotlarga
tez uradi;
•mog‘or bosib qolgan pishloqni tuzli suvda namlangan latta bilan yaxshilab artish lozim.
Sut mahsulotlarini iste’mol qilish to‘xtatilsa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?
Sut mahsulotlaridan voz kechish va vazn yo‘qotish o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida qat’iy ilmiy
dalillar mavjud bo‘lmasa-da, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu keskin vazn yo‘qotishiga yordam
beradi. Ammo bunda nafaqat sutdan, balki hayvonlarning boshqa mahsulotlaridan ham voz kechish
kerak bo‘ladi.
Ovqat hazm qilish jarayoni yaxshilanadi:
Ayrim odamlar sut mahsulotlariga nisbatan o‘ta sezgir bo‘lib, ularni iste’mol qilganidan so‘ng
qorinda dam va boshqa noqulaylik paydo bo‘ladi. Biroq zaiflik, aksincha, sut mahsulotlarini iste’mol
qilgandan keyin ich qotishi mavjud bo‘lsa, ulardan voz kechish mantiqan to‘g‘ri.
Qolaversa, probiotiklar faqat yogurt va kefir shaklida iste’mol qilinsa,
ichaklarda ularning
yetishmasligi kuzatiladi. Sut kislotasi fermentatsiyasining boshqa mahsulotlari ham probiyotiklardir.
Ratsionda ularning miqdorini oshirish tavsiya etiladi. Shuningdek, ko‘proq loviya va ismaloq iste’mol
qilish kerak. Sut, smetana va pishloqni rad etish tanadagi kalsiyni kamaytiradi va bunda ismaloq,
brokkoli, loviya va boshqa dukkaklilar yordam beradi.
Agar yuzda toshma yoki husnbuzarlar bo‘lsa, sutsiz diyetaga o‘tish muammoni bartaraf etishga
yordam beradi. Sutda testosteronga o‘xshash biologik faol moddalar mavjud bo‘lib,
ular teri
tomonidan yog‘ ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Natijada ko‘pincha teshiklar tiqilib qoladi, bu esa
akne paydo bo‘lishiga olib keladi. Ikkinchi va uchinchi sabablar – sutdagi ortiqcha yog‘ va shakar.
Bu teri muammolarining yana ikki aybdoridir. Sut, sariyog‘ va pishloqlarni unutib,
chiroyli
ko‘rinishga erishish mumkin.
Go‘sht mahsulotlari inson ratsionida alohida o‘rin tutadi. Go‘sht mahsulotlari inson tanasini
zaruriy aminokislotalarni o‘z ichiga olgan to‘liq oqsil bilan ta'minlaydi. Go‘sht mahsulotlarida
inson
salomatligi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar va mikroelementlar, yog‘ kislotalari va minerallar mavjud.
Go‘sht mahsulotlari yuqori ovqatlanish qiymati va yaxshi ta'mi bilan ajralib turadi. Go‘sht
mahsulotlari ulkan assortimentda ishlab chiqariladi.