O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet185/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan 
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
182 
Qishloq xo’jalik mahsulotlarining sifati iste’mol xususiyatlari yig’indisi bo’lib, xalq xo’jaligi 
va aholining muayyan extiyojlarini qondirishi orqali belgilanadi. Mahsulot sifati uning bir qator 
xossalarining majmui xisoblanadi.[1]. 
Qishlok xo’jalik mahsulotlarining sifati tabiiy xarakterga ega bo’lgan ob’ektiv omillar 
ta’sirida shakllanadi. Shu sababli mamlakatimizning turli zonalarida yetishtirilgan maxsulotning 
sifatini tabaqalashtirib baholash maqsadga muvofiq. 
Qishloq xo’jalik maxsulotlarining ayrim xossalari uning sifatini oshirsa, ayrimlari esa 
aksincha salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, meva tarkibida uglevod miqdorining oshishi ijobiy 
baxolansa, uning pestitsid va netrat tuzlarini to’plash xossasi salbiy hisoblanadi. 
Qishloq xo’jalik mahsulotining sifatini belgilashda uning iste’mol qimmatini belgilaydigan 
turli tabiiy xossalari xisobga olinadi. Masalan, mevalarning sifatiga baho berilganda uning tashqi 
ko’rinishi (o’lchamlari, rangi, shakli, ta’mi, to’qimalarining ko’rinishi kabi bir qator ko’rsatkichlar), 
texnik qiymati (tashishga va qayta ishlashga moyilligi, zararlanishga chidamliligi va boshqalar) va 
iste’mol qiymati (oziq-ovqat,energetik va biologik) e’tiborga olinadi. 
Iste’mol qimmati kishilarni oziqlantirish maqsadida ishlab chiqiladi. Mahsulotlaring oziq-
ovqatlik qimmati uning kimiyoviy tarkibidagi boshqa moddalar miqdori bilan belgilanadi. Energetik 
qimmati esa uni xazm qilingandan keyingi ajralib chiqaradigan issiqlik energiyasi bilan ainqlanadi. 
Maxsulotning biologik qimmatini uning kimyoviy tarkibidagi oqsilning qimmati belgilaydi. 
Mahsulot sifatining shakllanishiga turli omillar ta’sir ko’rsatadi. Asosiy omil geografik omil 
bulib, bunga mahsulot yetishtiriladigan tabiiy xududning (tuproq va iqlim sharoiti) ususiyatlari kiradi. 
Texnologii omillar — dehqonchilik madaniyati va mahsulot yetishtirish texnologiyasi ham ma’lum 
darajada mahsulotning sifatini shakllantiradi. Biologik omill a ryangi nav va gibridlarni joriy 
qilish ham mahsulot sifatini shakllantirishda ahamiyatga ega. Shu bilan birga,mahsulotning sifati 
tayyorlash punkti, material-texnika bazasiniig taraqqiyot darajasi va uni qabul qilish, saqlash hamda 
qayta ishlash texnologiyasiga ham chambarchars bog’liq.[2]. 
Sifatli yetishtirilgan mahsulot uni tashish, saqlash va qayta ishlash mobaynida dastlabki 
xossalarini yo’qotib sifatsiz maxsulotga aylanishi mumkin. yetishtirilgan qishloq xo’jalik 
mahsulotlarining sifat ko’rsatkichlari mahsulot yetishtirilgan sharoitga, saqlash va boщqa 
o’tkaziladigan qo’shimcha tadbirlarga qarab turlicha bo’ladi. Qishloq xo’jalik mahsulotlari sifat 
ko’rsatkichlariga qarab asosan 3 guruxga bo’linadi: 
1. Sifat kursatkichlari buyicha foydalanishi lozim bo’lgan soxa talabiga to’liq javob beradigan 
mahsulotlar. 
2. Sifat ko’rsatkichlari bo’yicha foydalanishi lozim bo’lgan soha talabiga to’liq javob bermaydigan, 
ammo boiщqa soxada foydalanish mumkin bo’lgan mahsulotlar. 
3. Foydalanishga yaroqsiz bo’lgan mahsulotlar. 

Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling