O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
- Xatamova Hamidaxon Komiljonovna Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti katta o’qituvchisi
“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 180 omborda saqlashning pirovard natijasiga e’tibor bermay, hosilni yig‘ishtirib olishda uzoq muddat saqlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan tadbiriy choralarga rioya qilishmaydi. SHu sababdan saqlash vaqtida mahsulotning 20% dan ko‘prog‘i nobud bo‘ladi. Masalan, piyoz hosilini yig‘ishtirish oldidan sug‘orish to‘xtatilmaydi, yig‘ishtirib olingani esa saqlashdan oldin yaxshilab quritilmaydi. Buning oqibatida tayyorlov va savdo tashkilotlarida piyozning chirishi va ko‘klab ketib, me’yordan ortiq chiqitlar chiqishi natijasida katta zarar ko‘radilar. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Shaumarov X.B. Islamov S.Ya. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi. - Toshkent, 2011 2. X. CH. Bo‘riev, R. Jo‘raev, O. Alimov. Meva-sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish. T., —Mehnat”, 2002. 3. A. Rasulov. Kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlarini saqlash. T., —Mehnat”, 1995. “Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 181 QISHLOQ XO’JALIGI MAXSULOTLARINI SIFATINI BAXOLASH OMILLARI Xatamova Hamidaxon Komiljonovna Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti katta o’qituvchisi, No’monjonov Xojiakbar Nabijon o’g’li “Agronomiya” ta’lim yo’nalishi 2-11 gurux talabasi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish mahsulot sifatini taʻminlashning asosiy yoʻnalishlaridan hisoblanadi. Metrologiya mahsulotlar sifatini ilmiy – texnik nazorat qilishning asosi hisoblanadi. Qaerda mahsulot holati, oʻlchamlari zamonaviy ishlash va oʻlchash vositalari orqali aniqlansa, oʻsha yerda yuqori sifatga erishish mumkin. Mahsulotni sertifikatlashtirish esa ularni standartlar talablariga javob berishini isbotlovchi ish tartiblarini belgilaydi. Bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini taʻminlash gorovi hisoblanadi. Mahsulot sifatiga qoʻyiladigan talablar ham standartlar va standartlashtirishning boshqa meʻyoriy hujjatlari orqali belgilanadi. Standartda fan, texnika va xalqaro tajribaning ilgʻor yutuqlari shakllanadi, chunki standartlarni tuzishda mahsulot sifatiga qoʻyiladigan ichki va tashqi bozor, inson hayoti, mol - mulki va atrof muhit uchun xavfsizlik talablari belgilanadi. SHuningdek milliy standart va texnik shartlarning xalqaro, mintaqaviy va MDH davlatlararo standartlari bilan uygʻunlashtirish ham sifatni yaxshilash, uni taʻminlash va boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, mahsulot uchun moʻljallangan standart talablariga qatʻiy rioya qilish mahsulot sifatini talab darajada taʻminlashga koʻplab imkon yaratib beradi.[7]. Mahsulot sifati ko’rsatkichlari – uni ishlab chiqarish va iste’mol qilish bilan bog’liq ma’lum sifat ko’rsatkichlari parametrlarining miqdoriy o’lchamini ifodalaydi. Qishloq xo’jaligida bunday ko’rsatkichlarga oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha ularning foydalilik darajasi, texnologik parametrlari, standartlashtirish xususiyatlari, ishonchliligi, ekologik tozaligi, to’yimliligi kabi ko’rsatkichlar kirsa, paxta xomashyosida uning navlari, turi, tola va chigit chiqish nisbati, tolaning uzunligi va pishiqligi kabi ko’rsatkichlarni misol qilib keltirish mumkin Oziq-ovqat mahsulotlari sifatini baholashda uning tarkibiga kiruvchi vitaminlar, mikroyelimentlar va to’yimliligi asosiy ahamiyat kasb etadi. Bulardan tashqarii mahsulotning iste’molchilar uchun ishonchliligi, ya’ni laboratoriya tekshiruvidan o’tganligi va iste’mol uchun xavfsizligi ham muhim ko’rsatkichlar hisoblanadi.[3]. Ma’lumki qishloq xo’jaligi mahsulotlarining bir qismi qayta ishlash sanoati uchun xomashyo sifatida ishlatiladi. Bunga paxta, don, meva va sabzavotlar, sut, ipak, qorako’l va boshqa bir qator mahsulotlarni misol qilib keltirish mumkin. Iste’molchi sifatida chiqadigan qayta ishlash korxonalari nuqtai nazaridan yondoshganda «xomashyo sifatida ishlatiladigan qishloq xo’jaligi korxonalarining sifat ko’rsatkichlari birinchi navbatda ularning texnologik parametrlari bilan o’lchanadi 1 ». Bunda asosiy e’tibor yaratilishi lozim bo’lgan mahsulotga qo’yiladigan talablar xomashyoda mavjudligiga qaratiladi va uning texnologik jarayonlarga mos kelishi e’tiborga olinadi.[2]. Meva va sabzavot sifati - bu xususiyatlarning yig’indisi, qiymatini belgilaydigan xususiyatlar yoki xususiyatlar yig’indisi. Sifat ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi: - tashqi ko’rinishi, - ta’mi - ozuqaviy ko’rsatkichlariga, tarkibidagi C vitamini, fenolik birikmalar, antioksidant qobiliyati, karotinoidlar, diyetali minerallar va boshqalar kiradi. Iste’molchilar meva va sabzavotlar sifatini baholaydilar. Bunda tashqi ko’rinishiga e’tibor beriladi. YAngi meva va sabzavotlarning sifati quyidagilarga bog’liq: - naviga - hosil yig’ib olish oldidan o’tkazilgan tadbirlarga; - iqlim sharoitlariga; - yig’ib-terib olish davriga: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling