O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet210/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan 
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
204 
TRITIKALI DONNI O’ZBEKISTON SHAROITIDA YETISHTIRISH VA UNI 
QAYTA ISHLASHGA TATBIQ ETISH. 
Bak. Qudratov I. S., assistent Sadullayev S.X 
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali, Oziq-ovqat mahsulotlari 
texnologiyasi kafedrasi 
Tritikale bugʻdoy va javdar avlodlarini chatishtirish natijasida olingan yangi oʻsimlik avlodi 
hisoblanadi. Tritikale oʻsimligida bugʻdoy donining sifati va javdar oʻsimligining noqulay sharoitga 
chidamlilik xususiyatlari mujassamlashgan. Tritikale nomi Triticum (tritikale) va Secale (javdar) 
soʻzlarining birinchi qismlarini qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Tritikale bugʻdoy-javdar duragayi 
amfidiploidlariga mansub. Dastlab bugʻdoy-javdar duragayi Germaniyada yaratilgan. 
1.2.5 
Tritikaleda bugʻdoy va javdarga nisbatan donida oqsil 1-4 % koʻp. Shuning uchun tritikale 
donining non yopish hamda tegirmonboplik sifatlari bugʻdoynikidan past. bugʻdoy uniga tritikale uni 
20-30 % qoʻshilib non yopilsa, non sifati yaxshilanadi.
Tritikale doni konditer sanoatida, pivo pishirishda, omixta yem tayyorlashda foydalaniladi. 
Oʻzbekistonda tritikale oraliq ekin sifatida, yashil massasi uchun ham oʻstiriladi. Erta bahorda 
yetishtirilgan yashil massasi bevosita oziqa sifatida hamda ertagi silos, oʻt uni, briket, granula 
tayyorlashda ishlatiladi. Uning silosi va yashil massasi tarkibida hazmlanadigan oqsil bugʻdoy va 
javdarnikiga nisbatan 1 % koʻp, yaxshi hazmlanadi, xushxoʻr.
Oʻzbekistonda tritikale asosan kuzda sugʻoriladigan va lalmikor yerlarda yetishtiriladi. 
Sugʻoriladigan yerlarda, Surxandaryo viloyati sharoitida gektaridan 350-600 s yashil massa hosili 
olingan. Don hosili suvlida 60-80 s/ga, lalmikorlikda 18-24 s/ga ga yetadi. Lalmikorlikda don va koʻk 
massa uchun yetishtiriladi.
Dunyo boʻyicha tritikale 2004 yilda 3,04 mln gektar ekilib, yalpi hosili 13,7 mln tonna
hosildorligi 11,1 s/ga ni tashkil etgan. Oʻzbekistonning lalmikor mintaqalarida tritikale hosili 
oʻsimlikning nav bilan taʼminlanganligiga bogʻliq holda oʻzgaradi. Ob-havo qulay kelgan yillar 
lalmikorlikda tritikale hosili 25-28 s/ga yetadi.
3.4.5
Birinchi sinf talablariga javob beradigan tritikale urugʻlarining unuvchanligi 95 %, tozaligi 99 
%, ikkinchi sinf urugʻlar unuvchanligi 92% va tozaligi 98,0 % dan kam boʻlmasligi kerak. Ekish 
uchun faqat 1- va 2-sinf urugʻlardan foydalanadi. Ekishdan oldin tritikale urugʻlarini saralash
tozalash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kimyoviy preparatlar bilan dorilash zarur. 
Lalmikor yerlarda tritikale ekilgan maydonlarda oʻgʻitlarni qoʻllash samaradorligi 
sugʻoriladigan yerlardagiga nisbatan past. Oʻsimliklarning nam bilan taʼminlanishi yaxshilanishi 
bilan lalmikorlikda oʻgʻitlar samaradorligi ham ortib boradi. Tritikale 1 s don va shunga muvofiq 
somon hosil qilish uchun tuproqdan 4-5 kg azot, 1,3-1,6 kg fosfor, 3,6-4,0 kg kaliy oʻzlashtiradi. 
Oʻgʻitlarning yillik meʼyori rejalashtirilgan hosil va tuproqning agrokimyoviy koʻrsatkichlariga 
bogʻliq holda belgilanadi. Lalmikorlikda organik oʻgʻitlar yerga asosiy ishlov berish vaqtida yaʼni 
shudgordan oldin solinadi. Organik oʻgʻitlar gektariga 10-12 t yoki unga 40 kg fosfor qoʻshib 
solinganda yaxshi natija olinadi. Azotli oʻgʻitlar lalmikor maydonlarda bahorda tritikale 
oʻsimligining tuplash fazasida 40 kg sof holda oziqlantirish uchun beriladi.
Tritikale lalmikorlikda oktabr oyining ikkinchi oʻn kunligi noyabr oyining birinchi oʻn 
kunligida ekiladi. Urugʻlarni erta kuzda qurib qolgan tuproqqa ekish yaxshi natija bermaydi. Optimal 
muddatlardan erta yoki kech ekilganda tritikale hosili kamayadi. Hozirgi vaqtda lalmikorlikda 
mintaqalar boʻyicha tritikale urugʻlarini ekish meʼyorlari tekislik mintaqada gektariga 2,0 mln. dona 
(75-80 kg/ga), qir-adirlik mintaqada gektariga 2,5 mln. (90-95 kg/ga), togʻoldi mintaqada gektariga 
2,5-3,0 mln. (100-115 kg/ga), togʻli mintaqada gektariga 3,0-3,5 mln. (130 kg/ga va undan yuqori) 
dona unuvchan urugʻ hisobida belgilangan.
3.4
Tritikale urugʻlari 3-5 
0
C da una boshlaydi. Haroratning koʻtarilishi bilan ekish, unib chiqish 
davri tezlashadi. Unib chiqishi uchun oʻrtacha optimal havo harorati 20-22 0S. Urugʻlar ekilgandan 
keyin 6-8 kunda unib chiqadi. Kuzgi tritikale 18-20 
0
C sovuqqa bardosh beradi. Oʻzbekiston 
sharoitida bahorgi navlari ham yaxshi qishlab chiqadi. Oʻzbekistonda tritikale asosan kuzda tuplanadi 
va bir tup oʻsimlikda 2-6 ta hosildor poyalar hosil qiladi. Tup qalinligi kam boʻlganda tuplanish 
kuchayadi.
2.3 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling