“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
212
miqdordagi qalay, qo‘rg‘oshin, mis tuzlari mahsulotni iste’mol qilganda organizmning zaharlanishini
keltirib chiqarishi mumkin. Kimyoviy bombaj asosan tunuka bankalarining ichki tomoni yaxshi
ishlanmagan va kislotaligi yuqori bo‘lgan mahsulotlarda ro‘y beradi. Umuman zanglash jarayoni ikki
yo‘nalishda boradi. Birinchisi konserva bankasi materialining mahsulotda erishi va sekin-astalik bilan
metallning mahsulotga o‘tishi natijasida. Ikkinchisi, tarkibida oltingugurt tutuvchi oqsil
birikmalarining metal idishlar bilan reaksiyaga borib, qora karroziya qatlamining hosil bo‘lishi
natijasida. Banka tunukasining zanglanishi harorat va namlikning ortishi bilan tezlashadi.
Shuningdek, idishda kislorodning, nitritlarning va oltingugurt singari moddalarningbo‘lishi ham bu
jarayonni tezlashtiradi. Ichki zanglanish natijasida temir sulfididan iborat qora dog‘larning
mahsulotda hosil bo‘lishi nafaqat organoleptic nuqtai nazaridan, balki sanita-riya-nuqtai nazaridan
ham salbiy hodisa hisoblanadi. Bankaning tashqi tomonida bo‘ladigan zanglanish ham muhim bir
muammolardan sanaladi, chunki konservalar ko‘pchilik hollarda omborxonalarda noqulay sharoitda
uzoq muddat saqlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Dodayev Q.O. Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnalogiyasi. // “Noshir” –
Toshkent, 2009
2. Choriyev A.J., Dodayev Q.O., Ismoilov T.A., Qoraboyev D.T. qshloq xo’jalik mahsulotlarini
konservalash va saqlash texnologiyasi(go’sht, sut, baliq, meva- sabzavot). // “Noshir” – Toshkent
2010.
3. Vasiyev M. G’., Dadayev Q. O, Isaboyev I. B, Sapayeva Z.Sh, G’ulomova Z.J. Oziq- ovqat
texnalogiyasi asoslari. // “Voris – nashriyot” – Toshkent, 2012.
Do'stlaringiz bilan baham: |