O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet214/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan 
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
208 
NUKUS TUMANI TUPROQ VA IQLIM SHAROITIDA QOVOQ MEVASINI 
YETISHTIRISH VA SAQLASH USULLARI 
 
Erejepova Manzura Jumabaevna –magistrant 
Yusupov Risnazar Orazbaevich – q.x.f.f.d. (PhD), dotsent 
Qoraqalpog’iston qishloq xojaligi va agrotexnologiyalar instituti 
 
Kirish. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6-noyabrьdagi №PQ-3377-sonli 
«Meva-sabzavot mahsulotlari, uzumchilik, poliz, dukkakli ekinlar, shu jumladan, quritilgan sabzavot 
va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha chora-
tadbirlari to’g’risida»gi, 2021 yil 23 noyabrьdagi №PQ-20-sonli «Meva-sabzavotchilik va 
uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda dehqon 
xo’jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorlari hududimiz sharoitida 
polizchilik sohasining tez rivojlanishiga asosiy yo’nalish hisoblanadi.
Bugingi kunda respublikamizda etishtirilayotgan 80 turdan ziyod qishloq xo’jaligi mahsulotlari 
dunyoning 66 mamlakatiga eksport qilinmoqda. Bunda, meva – sabzavotlar va dukkakli 
mahsulotlarning eksport hajmi 2016 yildan 2021 yilga qadar 2 barobarga oshgan. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi sharoitida poliz ekinlaridan qovun, tarvuz, qovoq 6000 
gektardan ortiq maydonga ekilib, 104,6 ming. tonna mahsulot etishtirilib kelinmoqda. Ilmiy 
ishlarimizning asosiy ob`ekti hisoblangan qovoq - qovoqdoshlar (Sucurbitacaeae) oilasining qovoq 
(Cucurbita L) turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda bu oilaning tarkibiga 27 turni o’z ichiga olgan
bulardan asosan qattiq po’stli qovoq (Cucurbita Pepo L), yirik mevali qovoqlar (Cucurbita maxima 
Duch) va muskat qovoq (Cucurbita magchata Duch) turlari keng tarqalgan. Oshqovoqlarning 
mahsulotlari juda ahamiyatli dietik oziq-ovqat moddalarning qatoriga kiradi. Mahsulotlarida o’rtacha 
6,0 – 25,0% quruq modda, 2,5 – 13,8% qand, 0,5 – 12,4% kraxmal, 0,8 – 1,0 % oqsil bo’ladi. 
Mevasining tarkibida ko’plab vitaminlar A, C, B
1
, B
2
, B
6
, PP tashkil topgan. Shuning bilan birga 
mevasida har xil minerallar Na, K, Ca, Mg, P, Fe moddalari bo’ladi. Hududning tuproq iqlim 
sharoitida etishtirilgan qovoqlarning 19 navi va shakllarining mevalarining tarkibidagi quruq modda, 
umumiy qand va karotinning (A vitamini) miqdori o’rganilib chiqilganda eng yuqori quruq 
moddaning miqdori mahalliy palovkadi (10,07%), Ispanskaya 73 (11,03%), va Qashg’ar1644 
navlarida (11,75%), bo’ladiganligi aniqlangan (Ibragimov, 2009).
Ilmiy tadqiqot izlanishlarimizni olib borishda quyidagi usullardan foydalanildi. Qovoqni hudud 
sharoitida ekish usullari, muddatlari, etishtirish, agrotexnik tadbirlar, saqlash usullari Ibragimov 
(1994; 2009), Bo’riev (2002) ilmiy mehnatlaridan foydalanildi.
Tadqiqotlarimizni Nukus tumanida joylashgan Qoraqalpog’ston qishloq xo’jaligi va 
agrotexnologiyalar instituti o’quv tajriyba xo’jaligida qovoqning Ispanskaya 73 navi 3 variantda 
ekildi. Ispanskaya 73 navi asosan o’rta kechpishar, o’sish davri 130 kundan ortiq vaqt talab qiladi. 
Mevasining shakli qisinqi do’maloq, og’irligi o’rtacha 4-5 kg atrofida bo’ladi. Bu navning 
mevasining qandliligi 8-12%ni tashkil etadi. 
Ilmiy tadqiqot ishlarimizni olib borishda dastlab tuproqqa ishlov berish ishlari o’tkazildi. Ekish 
uchun tayyor bo’lgan tuproqqa may oyining 1 –2 sanasida 3 variantda, 4 qaytariqda qovoq urug’lari 
ekildi. Birinchi variantda biogumus gektariga 5 tonna miqdorda solindi, ikkinchi variantimizda 
mineral o’g’itlardan fosfor-150 kg, azot-150 kg, kaliy-50 kg miqdorda berildi. Bundan fosfor-105 kg, 
azot-105 kg, kaliy-50 kg ekish oldidan berildi. Qolgan 30% miqdori fosfor- 45 kg, azot -45 kg 
vegetatsiya davri davomida berildi. Uchinchi variantimizda mahalliy o’g’itdan gektariga 20 tonna 
miqdorda tuproqqa ekish oldidan solindi. Kuzatuv ishlari har 5-10 kundan fenologik rivojlanish 
ko’rsatgichlari aniqlanib, o’rganilib borildi. Amaliyotimizni olib borish davomida qovoqning 
Ispanskaya 73 navi palaglari 1 oyda 1-1,2 m uzunlikda, 2 oyda1,9-2,4 m uzunlikka o’sib, gullash 
fazasi iyunь oyining birinchi o’n kunligi sanasiga to’g’ri keldi. Qovoqlar uch variant bo’yicha 
dastlabki gullash bosqichi changchi gullari iyunь oyining 15 sanasida aniqlangan bo’lsa, 5-10 kundan 
so’ng urug’chi gullari ochilib boshladi. Gullari to’g’ri asosan ayrim jinsli, chetdan changlanadi. 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling