“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
257
Omega-9 kislotasi (25%) bilan qо‘shilganda linolin kislotasi yallig‘lanishga qarshi, immunitetni
kо‘tarish, lipid
almashishinuvini yaxshilash, yurak va qon-tomirlar ishini meyorlashtirish,
asab va
endokrin tizimlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek organizmni turli zararli moddalar (toksinlar,
shlaklar, og‘ir
metall tuzlari, radionuklidlar) dan tozalash xususiyatiga ega. Bundan tashqari uzum
yog‘ida oz miqdorda bо‘lsa ham palmitin, stearin, palmitolein, araxin va linolen Omega-3 kislotalari
mavjud [4].
Inson organizmi uchun о‘ta xavfli,
muddatdan oldin qarishga, yallig‘lanish va о‘sma
kasalliklarini keltirib chiqaruvchi erkin radikalar bilan kurashda S vitaminiga nisbatan 20 baravar kuchli
ta’sir kо‘rsatadi.
Uzum danagi yog‘ining tarkibida boshqa о‘simlik moylariga nisbatan vitamin E miqdori ancha
baland(bir kunlik E vitaminiga bо‘lgan organizm ehtiyojini qondirish uchun bir osh qoshiq uzum yog‘ini
ichish kifoya). Vitamin E qon tarkibidagi xolesterin midorini kamayiradi va qon-tomirlarni
mustahkamlaydi, immunitetni kо‘taradi, yallig‘lanish kasalliklarini oldini oladi, yara va jarohatlar tez
bitadi, qon-tomirlarini kengaytiradi, tromb hosil bо‘lishga qarshi ta’sir kо‘rsatadi. Vitamin E yurak qon-
tomiri va jinsiy organlar ishida muhim rol о‘ynaydi, ayniqsa bu mahsulot reproduktiv
salomatlik uchun
juda zarur. Uzum yog‘i tarkibidagi A va C vitaminlar bilan birga E vitamini kо‘rish qobiliyatini
yaxshilaydi, shilliq parda va teri epiteliylarining holatiga ijobiy ta’sir kо‘ratadi.
Uning tarkibidagi
resveratrol antioksidanti vitamin E kabi yallig‘lanish, qon-tomirlarda hosil bо‘luvchi tiqinlar, skleroz va
о‘smalarga qarshi ta’sir kо‘rsatadi. Tarkibi va biologik faoliyati ayollarning estradiol gormoniga о‘xshab
ketadi.[4]
Resveratrol estrogen miqdorini meyorlashtiradi, qon-tomir va kapilyarlarni mustahkamlaydi, qon
va limfa aylanishini yaxshilaydi, saraton . Parkinson va Alsgeymer
kasalliklaridan saqlaydi, yog‘
xujayralari faoliyatini bir meyorda saqlaydi. Teridagi kollagen moddasini saqlab turishi sababli teri uzoq
vaqt elastikligini va tarangligini saqlaydi. Resveratrol – gijja, bakteriya va zamburug‘lardan himoyalash
uchun о‘simlik tomonidan ishlab chiqariladigan tabiiy fitroaleksin moddasidir.[5]
Uzum danagining yog‘i xlorofillga juda boy (aynan shu modda uzum yog‘iga zangori tus beradi).
Xlorofill teriga tinchlantiruvchi ta’sir kо‘rsatadi, teridagi zararlangan tо‘qimalarni tezda bitkazadi,
buyrak va siydik yо‘lida tosh hosil bо‘lishiga tо‘sqinlik qiladi, ateroskleroz rivojlanshiga tо‘siq bо‘ladi,
nafas yо‘llari, endokrin va ovqat xazm qilish organlarining ish faoliyatini yaxshilaydi.
Xulosa: Adabiyotlarni tahlil
qilib aytishimiz mumkinki, uzumni qayta ishlash korxonalaridan,
chiqindi sifatida chiqqan uzum urug‘idan moy ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘yilganda inson organizmi
uchun о‘ta zarur bо‘lgan moddalarga boy shifobaxsh moy ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yiladi.
Bu esa
hozirgi kunda kо‘p uchraydigan kasalliklarni, tabiiy yо‘l bilan oldini olish va davolash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: