“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
92
qancha past bo’lsa, suv odam ahlatidagi ichak tayoqchasi bilan shuncha ko’p ifloslangan bo’ladi.
Koli-indeks deb - 1,0 litr suvdagi ichak tayoqchalarining soniga aytiladi. Tadqiqotlar shuni
ko’rsatadiki, agar suv zararsizlantirilgandan keyin koli-indeks uchgacha kamaygan (bunda koli-titr
300 ml dan yuqori) bo’lsa, unda tif, paratiflar guruhiga kiradigan pathogen mikroblar, leptospiroz
va tulyaremiya kasalliklarining qo’zg’atuvchilari butunlay nobud bo’ladi. Vodoprovod suvining
sifati yuqoridagi taxminlar asosida ishlab chiqilgan standart ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi. 1,0
ml vodoprovod suvidagi saprofit bakteriyalar soni ko’pi bilan 100 ta bo’lishi, koli-titr 300 ml dan
kam bo’lmasligi yoki koli-indeks 3 dan yuqori bo’lmasligi kerak. Koli-indeks quyidagicha
hisoblanadi: tahlil qilingan suv hajmida o'sgan Escherichia coli guruhining bakteriyalari soni 1000 sm
3
ga ko'paytiriladi va shu suv hajmiga bo'linadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ichimlik suvini mikrobiologik ko’rsatkichlarini tadqiq etish
ijtimoiy hayotning ma’lum bir jihatlarini hamda mintaqaviy populyatsiyasining shakllanishida suvning
ahamiyatli darajada bog’liqligini isbotlaydi. Sababi qadimdan epidemiologik barqarorlikni buzilishiga
olib kelayotgan mikroorganizmlarning ko’pchiligi, ayniqsa, pathogen mikroorganizmlar suvda ko’paya
oladi va eng muhimi barcha tirik organizmlar, shu jumladan, odamlar ham diomiy ravishda suvga ehtiyoj
sezadi. Va o’z-o’zidan tabiiy tanlanishda mikroorganizmlar hamda odamlar o’rtasida kurash yuzaga
ketadi. Suvni tahlil qilish va unga sanitar xulosa berishdan maqsad ham shunda. Chunki suvga ehtiyoj
bor ekan demak, biz insonlar o’z populyatsiyamizni saqlab qolishda suv orqali yuqadigan infeksiyalarni
vaqtida aniqlash va ularga qarshi kurashish uchun ma’lum bir tayyorgarlikni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |