O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet95/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish 
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
91 
ICHIMLIK SUVINI MIKROBIOLOGIK KO’RSATKICHLARINI
TADQIQ ETISH 
MagistrantD.M.Baxridinova, PhD. F.X.Eshmatov 
Toshkent kimyo-texnologiya instituti 
 
Har bir insonni hayot faoliyatida ichimlik suvini o’rni alohida ahamiyatga. Sababi, inson 
organizmini taxminan 70 %i, inson tanasidagi qonning taxminan 80 %i suvdan iborat. Inson organizmida 
sodir bo’ladigan barcha biokimyoviy jarayonlar suvli muhitda amalga oshadi. Inson hayoti davomida 
ichimlik suvi standartiga javob beradigan suvni iste’mol qilishi juda muhim. 
Ichimlik suvini standart ko’rsatkichlarga javob berishi yoki javob bermasligi, bu suvning inson 
organizmiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishini aniqlab beradi. Suvning inson organizmiga qanday ta’sir 
ko’rsatishi uning sifat ko’rsatkichlariga, ya’ni organoleptik, fizik-kimyoviy va mikrobiologik 
ko’rsatkichlariga bog’liq bo’ladi. Har bir suvning sifatini baholovchi ko’rsatkichlarni mezoni standart 
talabida aniq belgilab qo’yilgan. 
GOST 32220-2013. Rezervuarlarda saqlanayotgan ichimlik suvi. Umumiy texnik shart talablari 
bo'yicha ushbu standart rezervuarlarda saqlanayotgan barcha ichimlik suviga taalluqli hisoblanadi, ya’ni 
oziq-ovqat iste’moli uchun mo’ljallangan maqsadlarda, bolalar taomlari tayyorlashda, barcha oziq-ovqat 
mahsulotlarini tayyorlashda foydalanishga ruxsat etiladi. 
Ushbu standart quyidagi turdagi suvlarga tatbiq etilmaydi: 
- davolash va davolash-profilaktik mineral ichimlik suvlariga; 
- termal va gidromineral suv bilan davolash maskanlaridagi tabiiy mineral suv sifatida 
foydalanilganda; 
- energiya-ta’sirli va boshqa fizik metodlar va texnologiyalar bilan ishlov berilgan va terapevtik 
xossalarga ega bo’lgan suvlarga; 
- distillangan suvlarga; 
- sharbat va ichimliklar tayyorlashda oziq-ovqat qo’shimchalaridan (aromatizator, konservant, 
shaker o’rnini bosuvchi moddalar va boshqa) foydalanilganda tatbiq etilmaydi. 
SanPiN 2.1.4.1074-01. “Ichimlik suvi”. Markazlashgan ichimlik suvi ta’minlash tizimi suvini 
sifatiga qo’yilgan gigienik talablar. Barcha ichimlik suvlari sanitariya qoida va me’yorlarga to’liq javob 
berishi shart. 
Suvga epidemiologic nuqtai-nazardan gigiyenik baho berishda pathogen mikroorganizmlarni 
tekshirish zarur. Bunda, bilvosita bakteriologik ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Suv saprofit mikroblar 
bilan qancha kam ifloslangan bo’lsa, u epidemiologic jihatdan kam xavfli bo’ladi. Saprofit 
mikroflorasining suvda bo’lishi ifloslanish belgisi bo’lib, uning darajasi «mikrob soni» tushunchasi 
bilan ifodalanadi. Agar ichimlik suvida viruslar va mikroorganizmlar yashasa, dizenteriya, sil, vabo, 
yuqumli gepatit va boshqa og'ir kasalliklarni yuqtirish xavfi mavjud. Ichimlik suvining bakteriologik 
tozaligi unda saprofitlar va ichak tayoqchasi mavjudligi bilan bog'liq.Mikroblarning umumiy soni 
(TMC) 1 ml suvdagi mikroblar soniga qarab hisoblanadi. GOSTda ko’rsatilgan qoidalarga ko'ra, 1 ml 
ichimlik suvida 100 dan kam bakteriya bo'lishi kerak. Bugungi kunda GOST 18963-73 “Ichimlik suvi. 
Sanitariya-bakteriologik tahlil usullari” bilan tekshiriladi. Ushbu standart ichimlik suviga taalluqlidir va 
sanitariya-bakteriologik tahlil qilish, suv namunalarini yig’ish, saqlash va tashish usullarini belgilaydi. 
«Mikrob soni» deb-1,0 ml tekshirilayotgan suvdagi mikroblar soniga aytiladi. Buning uchun 
go’shtli peptonli agarga tekshirilayotgan suvdan 1,0 ml ekilib, termostatga 37
0
C 24 soatga 
qoldiriladi. Vaqt o’tgach mikrob koloniyasi sanalib, mikroblarning soni aniqlanadi. Mikrob soni 
suvning umumiy mikroblar bilan ifloslanganini bildiradi. 
Suvning sifati koloniyalar soniga qarab aniqlanadi. Ifloslanmagan, yaxshi jihozlangan 
artesian quduqlarida koloniya miqdori 10-30, ifloslanmagan shaxta qudug’ining suvida 300-400, 
bir qadar toza, ochiq suv manbalarida – 1000-1500, mikroblarga qarshi yaxshi kurashish choralari 
ko’rilgan vodoprovod suvida 100 ga etadi. Yana suvga bakteriologik baho berishda unda ichak 
tayoqchasi bor-yo’qligi aniqlanadi.Suvda ichak tayoqchasining bor-yo’qligi koli-titr yoki koli-
indeks kattaligi bilan ifodalanadi. 
Koli-titr deb – bitta ichak tayoqchasini saqlovchi eng kam suv miqdoriga aytiladi. Koli-titr 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling