O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022
“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 89 TO`GRI OVQATLANISH – SALOMATLIK GAROVIDIR Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali k.o`q. Sattarov. A. E, k. o`q. Raxmatov N. Sh, bk. Sattorova. K. A. 15-21 gr. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Mg. Usmonov. H. MSM 51-21gr. To’g’ri ovqatlanish borasida ko’plab nazariyalar mavjud va deyarli har kuni yangi ma’lumotlar paydo bo’ladi. Ularning ba’zilari go’shtni cheklash kerak desa, boshqa birlari faqat ma’lum bir mahsulotlardan iborat taomnoma har qanday kasalliklardan forig’ bo’lish kaliti deyishadi. Aslida inson tanasi juda murakkab tizimdir, uning normal ishlashi uchun u ham go’sht, ham sabzavotli taomlarni talab qiladi. Shu sababli to’g’ri ovqatlanish qoidalarini bilish juda muhim sanaladi. Bu borada shubhali tavsiyalarga amal qilish salomatlikda jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Ovqatlanish madaniyatni deganda meyorida ovqatlanish, yaxshi ovqatlanish, taomning xilma xilligi, ovqatlanish tartibi: qachon va qancha yeyish, dasturxonni bezashni bilish demakdir. Kishi bir kunda qancha quvvat sarflasa, ovqat yeyish orqali shuncha quvvat oladi. Kishi tanasidagi quvvatuning tinch holatida bir soat davomida o`zining bir kilogramm og`irligi tengligida quvvat sarflanmaydi. Masalan, og`irligi 60 kilogramm bo`lgan kishi bir soat davomida 60 kilogram quvvat sarflaydi, yani 60x24=1440 kilo quvvatni 24 soat ichida sarflaydi demakdir. To`g`ri ovqatlanish kishiga mustahkam sog`liqni, ishchanlik, tetiklik va go`zallik baxsh etadi. Har bir kishining ovqatlanish tartibi uning yakka xususiyatlariga, yoshiga, mehnat faoliyatiga, harakat faolligiga bog`liq bo`ladi. Biroq barchamiz ba`zi umumiy tavsiyalarni bajarishimiz loziм. Kuniga to`rt mahal 3-4 soat vaqt o`tkazib ovqatlanish tanamizning fiziologik talablariga mos keladi, shundan olgan mahsulotlardan tanamiz to`la foydalanadi va ovqat yengil hazm bo`ladi. Agar kishi kuniga bir yoki ikki mahal tartibsiz, yani rejimsiz ovqatlanadigan bo`lsa, me`da yarasi, o`n ikki barmoqli ichaklarning kasallanishiga olib keladi. Uzoq vaqt och qolib yurish ham tanaga salbiy tasir qiladi. Agar juda to`yib ovqatlanilsa, jigar, oshqozon, me`da faoliyati buzilishiga olib keladi. Ovqatlanayotgan vaqtda har qanday ishni yig`ishtirib qo`ying, ayniqsa, ko`ngilsiz voqealarni eslamang, hech narsa o`qimang. Aks holda ovqat yaxshi hazm bo`lmaydi va dasturxon atrofida o`tirganlarga hurmatsizlik hisoblanadi. Ovqatni shoshmasdan chaynab yeyish lozim. Maydalangan ovqat me`daga tushib hazm shirasiga yaxshi aralashadi, demak, tanaga yaxshi singadi. To`g`ri ovqatlanish kishi tanasini tez qarib qolishini kechiktiradi. Bolalik va o`smirlik yoshlarida to`g`ri ovqatlanish keksalik vaqtida ham sog`liqning qay darajada bo`lishiga bog`liq bo`ladi. Har bir kishi uchun ovqatlanish hayotning zaruriyati hisoblanib, nafaqat sog`liq uchun, balki insonning tashqi ko`rinishida, qomatining to`g`ri bolishiga, teri sog`lom, o`zini yaxshi hisnqilishiga, mehnat qilish ishtiyoqini oshirishga, quvvatli bo`lib yurishga va sog`lom hayot tarzida yashashga zamin yaratadi. Oziq-ovqat tarkibida vitaminlarning yetarli bo`lishi juda zarur hisoblanadi. Vitaminlar tabiatga ko`ra xilma xil bo`lgan kimyoviy birikmalar bo`lib, fermentlar, garmonlar va boshqa moddalarning qurilishi uchun tanamizga ko`p miqdorga kerak bo`lib, normal hayot faoliyatimizni tanimlaydi. Vitaminlar tanamizga ovqat bilan tushadi, deyarli barcha mahsulotda vitamin bo`ladi. Ular meva- sabzavotlarda, o`simlik moyida, tuxum, sut, qatiq mahsulotlarida bo`ladi. Quyida asosiy iste`mol qilinadigan mahsulotlar va ularning tanamizdagi quvvat beruvchi ko`rsatkichlarni bilib oling. t/r Mahsulotlar Miqdori Quvvat beruvchi kuchi 1 Oliy navli bug`doy uni 100gr 382 q.kuchi 2 1-navli bug`doy uni 100gr 199 q.kuchi 3 2-navli bug`doy uni 100gr 190 q.kuchi 4 Guruchda 100gr 323 q.kuchi 5 Shakarda 100gr 374 q.kuchi 6 Pista holvasida 100gr 510 q.kuchi 7 Karamda 100gr 29 q.kuchi 8 Piyozda 100gr 43 q.kuchi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling