O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


REZYUME Risk va daromad - moliyalashtirishning hal qiluvchi omillari


Download 0.77 Mb.
bet78/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

REZYUME
Risk va daromad - moliyalashtirishning hal qiluvchi omillari
  • Kompaniya uchun (ya'ni aksiyadorlar uchun) xizmat ko‘rsatish xarajatlari nuqtayi nazaridan moliyalashtirishning arzonroq manbalari (masalan, qarzlar) odatda ko‘proq riskli bo‘ladi; kam risklilari (masalan, aksiyalar) odatda qimmatroq bo‘ladi.


  • Moliyaviy resurslar egasi uchun risk va daromadlilik musbat korrelyatsiyaga ega bo‘ladi, ya‘ni yuqori daromadlar yuqori riskni anglatadi va aksincha.




Oddiy aksiyalar
  • Egalik qiluvchilar (aksiyadorlar) kompaniya kapitalida ulushga ega.


  • Taqsimlanmagan foyda hisobiga, u kompaniyani moliyalashtirish manbalari orasida eng keng qo‘llaniladigan manba hisoblanadi.


  • Aksiyadorlar uchun yuqori riskli, kompaniya uchun esa riski kamroq; investorlar yuqori daromad darajasini kutadilar, bu esa kompaniya uchun qimmatga tushadi.


  • Kompaniya odatda dividendlar to‘lash bo‘yicha ham, aksiyalarni sotib olish bo‘yicha ham yuridik yoki shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olmaydi.


  • Dividend to‘lovlari kompaniya soliq bazasini kamaytirmaydi; bundan tashqari aksiyadorlarning dividend daromadlari soliqqa tortiladi.


  • Taqsimlanmagan foyda asta-sekinlik bilan to‘planishi mumkin va u har doim ham kompaniyada mavjud bo‘lmaydi, ammo undan foydalanganda emissiya uchun hech qanday xarajat qilinmaydi.


  • Huquqlar emissiyasi bu - mavjud aksiyadorlar uchun qo‘shimcha aksiyalarni joriy bozor narxiga nisbatan chegirma bilan sotib olish huquqini berishdir. Aksiyalar mavjud aksiyalarga proporsional ravishda taklif etiladi.


  • Emissiya xarajatlari jalb qilingan mablag‘laming taxminan 6 foizini tashkil qiladi, ammo ko‘lami bo‘yicha tejash imkoniyati mavjud.


  • Huquqning bahosi u darajada muhim emas.


  • Huquqlar emissiyasi odatda muvaffaqiyatli bo‘ladi.


  • Agar aksiyadorlar o‘z huquqlarini realizatsiya qilsalar, nazoratni qayta taqsimlash ro‘y bermaydi.


  • Agar aksiyador huquqlardan foydalanishni istamasa, ular sotilishi mumkin.


  • Ommaviy emissiya.


  • Kompaniyalarning joriy faoliyatida ancha kam kuzatiluvchi hodisa.


  • Emissiya xarajatlari katta - 13 foiz atrofida, ammo ko‘lami


bo‘yicha tejash imkoniyati mavjud.


  • Aksiyalar bahosi muhim rol o‘ynaydi.


  • Aksiyalar emissiyasini amalga oshirishda anderrayterlar (mohiyatan sug‘urtachi hisoblanadilar) jalb qilinishiga qaramasdan, ular muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin.


  • Nazorat yangi aksiyadorlarga o‘tib ketishi mumkin.


  • Agar fond birjasi listingi mavjud bo‘lsa aksiyani oson sotish mumkin bo‘ladi. Aks holda - bu juda murakkab kechadi.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling