O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet81/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Sotuv va teskari lizing
  • Kompaniyaga tegishli aktivni sotib olish va uni kompaniyaga qayta ijaraga berish to‘g‘risidagi moliyaviy muassasa bilan kelishuv;


  • Moliyalashtirishning yetarlicha muhim manbai;


  • Mohiyati bo‘yicha bu muayyan aktiv bilan ta'minlangan qarz, ta'minotli qarzga ta'sir ko‘rsatuvchi omillar, teng miqdorda mazkur moliyalashtirish turiga tegishli bo‘ladi.




NAZORAT SAVOLLARI
  1. Qarz oluvchi kompaniya nuqtayi nazaridan qarz kapitali arzon ammo riskli. U qaysi ma‘noda riskli?


  2. Nima uchun taqsimlanmagan foyda bepul (tekin)


moliyalashtirish manbai hisoblanmaydi?


  1. Taqsimlanmagan foyda tekin bo‘lmagan moliyalashtirish manbai bo‘lsada, nima uchun u mablag‘ jalb qilishning ommalashgan manbai bo‘lib qolmoqda?


  2. Fond birjasida kotirovka qilinadigan obligatsiya 10% kupon stavkasiga ega (kompaniya va obligatsiya egalari o‘rtasidagi shartnomada aks ettirilgan foiz stavkasi). Bu obligatsiyaning joriy soliqqa tortilguncha qiymati 10%ni tashkil etishini anglatadimi?


  3. Korvertatsiya qilinadigan obligatsiyasi bozor qiymatiga odatda qanday omillar bilan ta‘sir ko‘rsatadi? E‘tibor bering, bobda bu savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob yo‘q. Javob berishda sizga bazaviy bilimlar va sog‘lom fikrlash yordam beradi).


  4. Qaysi ma‘noda lizingni uzoq muddatli moliyalashtirish manbai deb atash mumkin?


  5. Aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish deganda nimani tushunasiz?




5-BOB. IKKILAMCHI KAPITAL BOZORI (FOND BIRJASI)
VA UNING SAMARADORLIGI

Ushbu bobda biz quyidagi masalalarni ko„rib chiqamiz:


Kirish
Kompaniyalar, mahalliy boshqaruv organlari va milliy hukumatlar uzoq muddatli moliyalashtirish uchun mablag‘lar topadigan bozor kapital bozori deb ataladi. Kompaniyalar jismoniy shaxslarga va investitsiya institutlariga (vakolat beruvchi payli fondlar, sug‘urta kompaniyalari va boshqalar) sotish uchun ulushli qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar) va qarz majburiyatlarini (obligatsiyalar, qarz tilxatlari) chiqarish orqali moliyaviy resurslarni jalb qilishning mazkur usulidan foydalanadi. Bundan tashqari, bu ulushli yoki qarz qimmatli qog‘ozlarga egalik huquqi bir investordan boshqasiga o‘tishi mumkin bo‘lgan bozordir. Yangi kapital bozori (new finance market) deganda birlamchi kapital bozori tushunilsa, —ikkinchi qo‘ldan olinuvchi” qimmatli qog‘ozlar muomala qiladigan bozor ikkilamchi bozor deb ataladi. Birlamchi kapital bozorining o‘rni va ahamiyati 8-bobda ko‘rib chiqilgan. Mazkur bobda ikkilamchi bozorni ko‘rib chiqish bilan chegaralanamiz.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling