93
Bankka oid xuquqiy munosabat sub’ektlari doirasi, ularning bunday
munosabatlari chog‘idagi xuquqiy holati (xuquqiy va muomala layoqati),
vakolatlari hamda majburiyatlari xajmi O‘zbekistonda ikki pog‘onali bank tizimi
mavjudligi bilan belgilanadi.
Bankka oid xuquqiy munosabatlarning sub’ektlari
jumlasiga eng avvalo
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki, tijorat banklari (ularning
vakolatxonalari, sho‘‘ba korxonalari, filiallari), bank
xizmatlaridan foydalanuvchi
jismoniy va hamda yuridik shaxslar, tegishli hollarda bankdan tashqari boshqa
kredit muassasalariham kiradilar. SHu bilan birga tegishli hollarda davlatning yoki
o‘zga shaxslarning xuquqlarini himoya qilish maqsadida
davlat soliq idoralari,
boshqa organlar ham bank xuquqi sub’ekti sifatida bankka oid munosabatlarda
qatnashishlari mumkin. O‘zbekiston iqtisodiyoti, respublika
hududida faoliyat
olib borayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga tijorat banklaridan tashqari
boshqa kredit tashkilotlari tomonidan ham moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish
uchun huquqiy va me’yoriy asoslar yaratilgan.
Bunday kredit tashkilotlari
qatoriga bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat
yuritayotgan mikrokredit
tashkilotlari, lombardlarni kiritishimiz mumkin. Mazkur kredit
tashkilotlarining faoliyati “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida»gi,
“Mikromoliyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mikrokredit
tashkilotlari va
lombardlar faoliyatini tashkil qilish va yuritishga oid me’yoriy hujjatlari
bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasida
mikrokredit tashkilotlari faoliyati 2006-
yil 20-sentyabrdan kuchga kirgan “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi qonuni asosida olib boriladi. Mikrokredit
tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga
ruxsat beruvchi
litsenziyasiga ega bo‘lishi va talab qilingan ustav fondini shakllantirishi
94
lozim. Mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdori
2,0
Do'stlaringiz bilan baham: