O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni o‘rganish bo‘yicha nazorat savollar
- III BOB. Tijorat banklari faoliyatining huquqiy asoslari: tashkil etish, qayta tashkil etish .
99 Tayanch so‘zlar: bank, mikrokredit tashkiloti, lombard, bank huquqi, Markaziy bank, tijorat banki, banklar banki, hukumat xazinachisi, monitra siyosat, pul-kredit siyosat, fiskal siyosat, litsenziya Mavzuni o‘rganish bo‘yicha nazorat savollar: 1. «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bank to‘g‘risida»gi qonuni qachon qabul qilingan va uning tuzilishi qanday? 2. Markaziy bank va uning yuridik shaxs maqomi mazmuni nimalardan iborat? 3. Markaziy bank vakolatlari haqida nimalarni bilasiz? 4. Markaziy bankning ma’muriy-boshqaruv soxasidagi vazifalari haqida so‘zlab bering. 5. Markaziy bankning boshqaruv organlari va ularning vakolatlari nimalardan iborat? 6. Markaziy bankning boshqaruv organi qanday tashkil etiladi? 7. Markaziy bank raisining vakolatlari qanday? 8. Markaziy bankning huquq va majburiyatlarini tushuntiring. 9. Markaziy bankning hukumat bilan munosabatlarini keltiring va asoslang 10. Banklarning banki sifatida Markaziy bankning faoliyatini tushuntiring. 11. Markaziy bankning nobank tashkilotlar bilan munosabatlarini tushuntiring 108 III BOB. Tijorat banklari faoliyatining huquqiy asoslari: tashkil etish, qayta tashkil etish . 1-§. Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari va uning yuridik shaxs sifatidagi maqomi. Mamlakatimizda amalga oshirib kelinayotgan iqtisodiy islohotlar O‘zbekistonda bozor munosabatlarini tarkib topdirish va bozorga xos bo‘lgan iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv, moliyaviy hamda boshqa zarur infratuzilma shakllanishiga erishishga yo‘naltirilgan. Bozor munosabatlarining jamiyatimiz hayotiga tobora chuqurroq singib borayotganligi moliya, pul-kredit tizimlarida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib kelmoqda. Bu hol bank muassasalari ishini yanada erkinlashtirish, ular faoliyatiga bozor prinsiplarini yanada kengroq joriy etilishini taqozo qilmoqda. Banklar va ular tomonidan amalga oshiriladigan bank faoliyati har qanday mamlakat iqtisodiy tizimida muhim o‘rin tutadi va taraqqiyot sur’atlarini belgilovchi asosiy omillardan biri bo‘lib sanaladi. Zero samarali ishlovchi bank tizimi moliyaviy mablag‘larni iqtisodiyot tarmoqlari, mintaqalar, korxona va tashkilotlar, fuqarolar o‘rtasida erkin va tez aylanishini ta’minlaydiki, bu hol o‘z- o‘zidan tovar va xizmatlar muomalasini tezlashuvi hamda kengayishiga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida ifodalangan. Tijorat banklar respublika hududida o‘z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar. Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasining “Markaziy bank to‘g‘risida”gi, “Aktsionerlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqini himoya qilish 109 to‘g‘risida”gi, “Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qator qonunlar hamda banklar faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. Tijorat banklari faoliyatiga ruxsat berish 2015-yil 14-yanvarda oxirgi o‘zgarishlar kiritilgan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida olib boriladi. Qonunchilikga muvofiq tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 7 noyabrda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonuniga asosan bank — bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablag‘larini jalb etish, o‘z nomidan kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxsdir. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) bank faoliyati sohasini tartibga soluvchi va litsenziyalash, tartibga solish hamda prudensial nazorat bo‘yicha vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organidir. Tijorat banklari jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish, omonatlarni jalb etish, kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish, mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqarish, chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish, pul mablag‘lari, veksellar, to‘lov va hisob-kitob xujjatlarini inkasso qilish, uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish, uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish xuquqini olish, qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish 110 va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa opersiyalarni bajarish, bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko‘rsatish, jismoniy va yuridik shaxslarga xujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po‘lat sandiqlarni ijaraga berish, moliyaviy lizing va xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziyada maxsus ko‘rsatilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirishga haqli hisoblanadi. Tijorat banklari eng avvalo mustaqil yuridik shaxs, tadbirkorlik faoliyatining mustaqil sub’ektidir. SHunga ko‘ra tijorat banklari o‘z faoliyatlarida nafaqat O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonuniga, balki eng avvalo O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi va boshqa iqtisodiy-xo‘jalik faoliyatiga oid qonunlarga amal qiladilar. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 39-moddasida ko‘rsatilishicha: «O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol- mulki bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy xuquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi: pul mablag‘larini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish; to‘lovlarni amalga oshirish, shu jumladan bank hisobvaraqlarini ochmasdan amalga oshirish; jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish; kreditlarni ularning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z nomidan o‘zining mablag‘lari hamda jalb etilgan mablag‘lar hisobidan berish; 111 chet el valyutasi bilan naqd va naqdsiz shakllardagi operatsiyalar; jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha mol-mulkni ishonchli boshqarish; inkassatsiya va kassa xizmatlarini ko‘rsatish; uchinchi shaxslar nomidan ularning majburiyatlari bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish va boshqa majburiyatlarni qabul qilish; uchinchi shaxslardan pul shaklidagi majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish (faktoring); qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish; affinlangan qimmatbaho metallar sotib olish va sotish, shu jumladan metallarni mas’ul saqlash hisobvaraqlarini hamda metallarning egasizlantirilgan (jismoniy bo‘lmagan) hisobvaraqlarini yuritish; qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish; hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish; hujjatlarni yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni yoki ularning ichidagi seyflarni ijaraga berish; lizing berish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda qarzlar berish; moliyaviy operatsiyalar bilan bog‘liq maslahat xizmatlari ko‘rsatish; aktivlar majmuini (portfelini) boshqarish; elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va to‘lash; bank kartalarini berish va to‘lovlarga ishlov berish, bank kartalariga boshqa tashkilotlar, jumladan boshqa moliya institutlari bilan birgalikda xizmat ko‘rsatish. Banklar banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa moliyaviy operatsiyalarni ham amalga oshiradi. Banklar bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilmagan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga haqli emas. 112 Quyidagi shartlarning barchasiga muvofiq bo‘lgan, qo‘yilgan pul mablag‘lari omonatdir (depozitdir): mijozning talabiga binoan yoki muddat o‘tganidan keyin foizlar yoxud boshqa daromadlar bilan yoki ularsiz yoxud omonatchi yoki uning vakolatli vakili va pul mablag‘larini qabul qiluvchi bank o‘rtasida, kelishilgan shartlar asosida qaytarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari; subordinar qarzga, egalik qilish huquqlariga yoki xizmatlariga, shu jumladan sug‘urta xizmatlariga taalluqli bo‘lmagan pul mablag‘lari; pul mablag‘larini qabul qiluvchi bankning tegishli hujjati bilan yozma shaklda tasdiqlangan pul mablag‘lari. Pul mablag‘larini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanishga faqat banklar haqli. 22 YUridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak». Boshqa ko‘pchilik yuridik shaxslardan farq qilib tijorat banklari o‘zining mulkiga ega bo‘ladi va bu mulk eng avvalo, agar bank aksiyadorlik tijorat banki bo‘lsa, u holda bank aksiyadorlari qo‘lidagi aksiyalarda ifodalanuvchi ustav (bank) kapitalida, ustav kapitali hisobidan kiritilgan ko‘char va ko‘chmas mulklar, intellektual hamda boshqa moddiy yoki nomoddiy boyliklarda o‘z ifodasini topadi. Bundan tashqari, tijorat banki tomonidan amalga oshiriladigan bank faoliyatidan olingan foyda (daromad) ham tegishli majburiyatlar (eng avvalo byudjet oldidagi) bajarib bo‘lingach bankning mulki bo‘lib qoladi. Tijorat banki tomonidan yuridik shaxs sifatida o‘ziga mulk xuquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulklarni egallash, ulardan foydalanish, ularni tasarruf qilish Fuqarolik kodeksida, «O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarda, boshqa qonun xujjatlarida, ularning o‘z ustavlarida belgilangan tartibda, shakllar va usullarda amalga oshiriladi. Tijorat banklari davlat tomonidan qat’iy nazorat qilinadigan tijorat tashkilotlari bo‘lganligi tufayli ularning mol-mulki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 22 “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi qonun.2019 y. 7 noyabr. 113 javobgarliklarini qoplanishi uchun etarli bo‘lishi masalasiga e’tibor beriladi. Bank ustav kapitalining eng kam miqdori qonun xujjatlari bilan belgilab qo‘yilganligi va bu mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki depozitida saqlanishi, boshqa bir qator ehtiyot choralarining ko‘rilganligi (iqtisodiyot normativlari va majburiy zahiralarini tashkil etilishi, omonatchilar xuquqlarini kafolatlashning boshqa iqtisodiy choralari) ana shunday maqsadlarni nazarda tutadi. Tijorat banklarining mustaqil yuridik shaxs sifatidagi xususiyatlaridan bo‘lib ular o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘zlari javob berishlari sanaladi. Banklar davlatning majburiyatlari bo‘yicha, davlat esa banklarning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emaslar. SHuningdek boshqa hech bir yuridik yoki jismoniy shaxslar ham banklarning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydilar. Bank muassislari hamda aksiyadorlari bankning o‘zga shaxslar oldidagi majburiyatlari yuzasidan qo‘shgan ulushlari (O‘z aksiyalari qiymati) doirasidagina javobgar bo‘ladilar. Tijorat banklari Markaziy bankning ruxsati bilan o‘zga hududlarda filiallarini, chet ellarda esa sho‘‘ba banklari, filiallari va vakolatxonalarini ochishlari mumkin. Ushbu filial va vakolatxonalar rahbarlari Markaziy bank bilan kelishilgani holda ularni tashkil etgan bank tomonidan tayinlanadilar. Filial va vakolatxonalarning vakolatlari hajmi filial (vakolatxona) rahbariga berilgan vakolatnomaga muvofiq belgilanadi. Filial va vakolatxonalar majburiyatlari uchun ularni tashkil qilgan bank javobgar bo‘ladi. Tijorat banklarining fuqarolik-xuquqiy munosabat ishtirokchisi sifatidagi xuquq va muomala layoqati, bu layoqatni paydo bo‘lishi hamda mazmuni fuqarolik qonunchiligining umumiy normalari, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun, bank ustavi, boshqa qonunchilik xujjatlari bilan belgilanadi. Tijorat banklari o‘z mulkiy va shaxsiy nomulkiy xuquqlarini himoya qilish maqsadida xo‘jalik sudlariga, umumyurisdiksiyaviy fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizasi bilan murojaat qilishlari, javobgar, uchinchi shaxs, fuqarolik da’vogari yoki javobgari sifatida jalb etilishlari mumkin. Filiallar ham ularni 114 tashkil etgan banklar tomonidan maxsus vakolat berilgani hollarda ana shunday xuquqlardan foydalanishlari mumkin. Banklar moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga banklar faoliyatiga, shu jumladan banklarning kredit portfelini va aktivlarini shakllantirish bilan bog‘liq tadbirkorlik risklarini boshqarishga, banklarning rahbar xodimlarini tayinlashga aralashish, shuningdek bankning mablag‘lari hisobidan turli xil to‘lovlar va badallar talab qilish taqiqlanadi. Banklar xo‘jalik (tadbirkorlik) faoliyati sub’ekti sifatida o‘zga yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘z ustav vazifalariga mos keluvchi har qanday bitim (shartnoma) larni tuzishlari, zimmalariga majburiyatlarni olishlari mumkin. Bankni tashkil etishning ilk bosqichi bu tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.Bu bosqichda bank muassislarining tashabbus guruhi tuziladi, bankning ta’sis hujjatlari majmui tayyorlanadi, ta’sis shartnomasi tuziladi. Aktsiyadorlik tijorat banklarining muassislari bank davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan birgalikda javobgar bo‘ladilar. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling