O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

Lombard ixtisoslashgan tijorat tashkiloti bo‘lib mijozning ko‘char 
mulkini garovga olib qisqa muddatli kreditlar berish va ularni saqlab
berish bilan shug‘ullanadi.


97 
O‘z ixtisoslashuviga qarab lombardlar qimmatbaho buyumlar,
avtotrasport va boshqalar bilan ishlaydigan lombardlarga bo‘linadi.
qimmatliklar va buyumlarning bahosi tomonlar kelushuviga asosan belgilanadi 
va ular o‘rtasida tuziladigan shartnomada aks ettiriladi. Qarz oluvchi yoki
mulk egasi o‘z mulkini garovga qo‘yib lombarddan kredit olgandan keyin
shartnoma shartlarini lozim darajada bajarishi va o‘z mulk ini o‘rnatilgan
muddatlarda qayta sotib olishi mumkin. Bunda qayta sotib olish bahosi 
summasi lombardning mijozga bergan kredit summasi va lombardning
xizmati uchun to‘lanadigan foiz stavkasidan iborat bo‘ladi. Lombard
tomonidan berilgan kreditning muddati kelib garovga qo‘yilgan mulk mijoz
tomonidan qayta sotib olinmasa bu mulk lombard tomonidan sotuvga qo‘ yili 
shi yoki auktsion orqali sotilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida
lombardlar faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Markaziy banki
to‘g‘risida»gi, “ Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida «gi
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 10-
dekabrda 1291-son bilan ro‘yxatdan “Lombardlar faoliyatini litsenziyalash
tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan tartibga solinadi. Bugungi kunda 
lombardlar ustav kapitalining minimal miqdori 500 mln.so‘m miqdorida 
belgilangan.
Lombardlar o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma 
(litsenziyaga) ega bo‘lishi lozim. Lombardlar faoliyati O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan litsenziyalanadi. yuridik shaxs 
litsenziya olgan kunidan boshlab lomard sifatida faoliyatini boshlaydi. 
litsenziya olish uchun yuridik shaxs lombard sifatida o‘rnatilgan tartibda
ro‘yxatdan o‘tishi, zarur bo‘lgan ustav fondining minimal miqdorini
shakllantirishi lozim. Lombard tashkilotining ustav fondi muassislarining
faqat pul mablag‘lari hisobidan shakllanadi. Ustav fondini kredit, garov
mablag‘lari va boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobidan shakllantirishga
ruxsat etilmaydi. Lombard tashkilotlari faoliyatiga litsenziya olish uchun 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga lombard faoliyatini amalga 


98 
oshirishga litsenziya berish uchun ariza, davlat ro‘yxatidan o‘tganlik
to‘g‘risida ma’lumot noma nusxasi, biznes-reja, muassislar ro‘yxati, lombard
boshqaruv organlari tarkibi va strukturasi to‘g‘risida ma’lumot, lombard
faoliyatini amalga oshirish uchun bino, qo‘riqlash tizimi va sharoitlari
to‘g‘risida ma’lumot, lombard va baholovchi tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan
shartnoma, litsenziya uchun to‘lovning kvitantsiyasini taqdim qiladi.
Hujjatlar talab darajasida rasmiylashtirilmagan, ularda xatova
kamchiliklar mavjud bo‘lgan va boshqa kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan
hollarda Markaziy bank litsenziya berish ni rad qilishi mumkin. Bu
to‘g‘risida rad etishning sabablari aniq ko‘rsatilgan holda mijozga yozma
ravishda raddiya xati yuboriladi. ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilgandan
keyin subekt hujjatlarini takroran Markaziy bankka taqdim etishi mumkin.
hujjatlar 10 kun ichida qayta ko‘rib chi qilishi lozim. litsenziya beruvchi 
organlitsenziya talablariga rioya qilinmagan, faoliyatida ko‘rsatilgan
kamchiliklarni bartaraf qilmagan hollarda lombard faoliyatini to‘xtatib turish
to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Lombard faoliyatini to‘xtatib turish muddati 
olti oydan oshmasligi lozim. Lombard tashkiloti faoliyatini to‘xtatish
to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda, u bank rot bo‘lganda yoki
tugatilganda, boshqa faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha qayta tashkil etilganda, 
litsenziya talablariga doimiy va tizimli rioya qilmaganda, qonun talablarini
buzgan hollarda Markaziy bank litsenziyaning amal qilishini to‘xtatishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki lombardlar faoliyatini
nazorat qilish, lombardlarning faoliyati, operatsiyalari to‘g‘risida
ma’lumot, hisobot olish, ular faoliyatini tekshirish, litsenziya talablariga
rioya qilinmagan hollarda ularni ogohlantirish, ularga bajarilishi lozim
bo‘lgan talablarni yuborish va ular bajarilishini talab qilish huquqiga ega. 
Bugungi kunda respublikamizda 59dan ortiq lombardlar faoliyat olib
bormoqda. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling