O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

mlrd.so‘m  miqdorida belgilangan.
Ustav fondi ta’sischilar tomonidan pul mablag‘laridan, shuningdek 
ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulkdan
shakllantirishi mumkin. Bunda kredit, garovga olingan mablag‘lardan va
boshqa jalb qilingan mablag‘lar foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ustav
fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat qilingan kunga 
qadar faqat pul mablag‘laridan shakllantirilgan bo‘lishi kerak.
Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilganidan
so‘ng bir oydan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga litsenziya berish haqidagi
ariza, mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari, mikrokredit tashkiloti davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan
nusxasi, mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar, mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini
tasdiqlovchi bank hujjatini, mikrokredit tashkiloti joylashgan binodagi kassa 
xonalari texnik va qo‘riqlash – yong‘indan saqlash signalizatsiya vositalari
bilan jihozlanishi va bu to‘g‘risida Markaziy bankning tegishli hududiy
boshqarmasining xulosasini taqdim etishi kerak. Markaziy bank tomonidan
arizava zarur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida
ko‘rib chiqiladi litsenziya berish rad qilingan holda asoslangan raddiyani yozma 
shaklda etkazishi lozim. Agar litsenziya berilgan vaqtdan boshlab olti oy
muddat ichida mikrokredit tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirishmasa 
Markaziy bank tegishli choralar ko‘rishga haqli hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mikrokredit tashkilotlari
ustav fondining eng kam miqdorini, moliyaviy va kassa operatsiyalari
o‘tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini, shuningdek
iqtisodiy me’yorlarni belgilash, ko‘rsati layotgan mikro moliyaviy xizmatlar
uchun foizlarni hisoblash tartibini tasdiqlash, mikrokredit tashkilotlarining


95 
faoliyatini tekshirish va ularning faoliyatida aniqlangan mikrokredit
tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishlarini
bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish,
mikrokredit tashkilotining faoliyatini auditdan o‘tkazishga doir talablarni
belgilash, mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga
doir talablarni belgilash, mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit
tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari va belgilangan
iqtisodiy me’yorlar buzilgan taqdirda, ustav fondining belgilangan eng kam
miqdorining bir foizigacha jarima undirish, mikrokredit tashkiloti tomonidan
Ayrim moliyaviy operatsiyalar o‘tkazishni uch oygacha bo‘lgan muddatga
cheklash, mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish
yoki tugatish yoxud litsenziyani qayta rasmiylashtirish va bekor qilish orqali
mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi.
Mikrokredit tashkiloti faoliyatida kamchiliklar aniqlangan hollarda, shu 
jumladan, litsenziya talablari va shartlari buzilganda, qoida buzarliklarni
bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar bajarilmaganda Markaziy bank
tomonidan litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qolgan da, mikrokredit
tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining, belgilangan iqtisodiy
me’yorlarning talablari muntazam ravishda buzilganda va hisobot
ma’lumotlari buzib ko‘rsatilganda, mikro moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish
bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan paytdan e’tiboran olti 
oydan ortiq kechikkanda Markaziy banklitsenziyaning amal qilishini tugatish
to‘g‘risidagi qaror qabul qilishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti buyurtma beruvchiga uning huquq va
majburiyatlari to‘g‘risida, mikro moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan
bog‘liq barcha har ajatlar to‘g‘risida, ko‘rsatiladigan mikro moliyaviy
xizmat bo‘yicha foiz stavkasi haqida to‘g‘ri hamda to‘liq axborotni yozma 
shaklda xabar qilmagan, shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda


96 
mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatmagan, qarz oluvchiga zarar etkazgan
moliyaviy va kassa operatsiyalari o‘tkazish qoidalariga, shuningdek
belgilangan iqtisodiy norma tivlarga rioya qilmagan va boshqa salbiy hollarda 
Markaziy bank unga nisbatan choralar ko‘rishga haqlidir.
Qonunchilik bo‘yicha mikrokredit tashkilotlariga qarz majburiyatlarini
chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar)
qabul qilishga, jismoniy shaxslardan qarz mablag‘larini jalb qilishga,
o‘z muassislarining majburiyatlari bo‘yicha kafil bo‘lishga yoki kafolat
beruvchi bo‘lishga, shuningdek ularga o‘z majburiyatlari bajarilishini
ta’minlashning boshqa usullarini taqdim etishga ruxsat etilmaydi.
Aktivlarining balans qiymati bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan
mikrokredit tashkilotida mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organining
qarori bilan ichki audit xizmati tashkil etiladi.
Ichki audit xizmati mikrokredit tashkilotining faqat yuqori boshqaruv
organiga hisobdordir. Ichki audit xizmatining rahbariva boshqa xodimlari
mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organi tomonidan tayinlanadi.
Ichki audit xizmati o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi.
Mikrokredit tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan belgilangan tartibda filiallar tashkil etishi mumkin. Filiallar o‘z
faoliyatini mikrokredit tashkiloti uchun berilgan litsenziya asosida amalga 
oshiradi.
Bugungi kunda 50 mikrokredit tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirib
mikro moliyaviy xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda.

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling