16
1.5-§. Keygan nazariyasi
Keyganning pullarga bo‘lgan talab
funksiyasi inflyatsiya
kuchaygan davrlarda amal qiladi. Iqtisodiyotda baholar keskin oshganda
pulning xarid qobiliyati sezilarli darajada pasayadi. Bunday sharoitda
real daromad, real foiz stavkasi
va boshqa makroiqtisodiy
indikatorlarning pullarga bo‘lgan talabga ta’siri sezilarsiz bo‘lib qoladi.
Natijada, individlarning pullar bo‘lgan xohishi va talabi inflyatsiya
sur’atiga mutanosib ravishda kamayadi:
MD : P = f (
Ԉ
e)
Bu yerda:
Ԉ
e
– kutilayotgan inflyatsiya;
MD : P – real pullarga bo‘lgan talab.
Keyganning funksiyasini quyidagi
logarifmik shaklda ham aks
ettirish mumkin:
In m = –
αԈ
e
α– foiz stavkasi bo‘yicha pullarga bo‘lgan talabning elastikligi.
1.6. Xirshlyayfer modeli
AQShlik iqtisodchi olim D.Xirshlyayfer 1958-yilda moliyaviy
vositachilarning iqtisodiyotdagi rolini
asoslashga xizmat qiladigan
modelini yaratgan. Ushub model firmalar va uy xo‘jaliklarining
vaqtlararo tanlov modeli deb ataladi.
Vaqtlararo tanlovning xususiyati shundaki,
bugun olinadigan
pullar kelugsida olinadigan pullarga nisbatan yuqori baholanadi. Chunki,
bugungi daromad bevosita iste’mol hisoblanadi. Agar iste’mol
kechiktirilsa, unda iste’molchi zarar ko‘radi. Buning sababi shundaki,
ushbu zarar kelgusida yuqori daromad hisobidan qoplanadi. Agar pullar
17
iste’moldan
olinib kechiktirilsa, u holda ularning qiymati o‘sish bilan
hisoblanadi:
C
2
= (1 + r) C
1
C
1
– kechiktirilgan pullar, ya’ni kelgusiga olib qo‘yilgan pullar;
C
2
– ertaga olinadigan pullar;
r – foiz stavkasi.
Kelgusiga olib qo‘yilgan pullarning
qiymatini hozirgi qiymatga
o‘tkazish mumkin, ya’ni diskontlashgan qiymatini topish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: