O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


-§.Monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

2.4-§.Monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlari 
Har bir Markaziy bank joriy moliyaviy yil so‘nggida keyingi 
moliyaviy yil uchun monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini ishlab 
chiqadi va e’lon qiladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Markaziy 
banki 
to‘g‘risidagi 
qonunning “Monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlari”deb nomlangan 
23-moddasida quyidagilar belgilab qo‘yilgan: 
Markaziy bank kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi monetar 
siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi va har yili keyingi 
moliya yili boshlanishidan kamida 30 kun oldin Oliy Majlisning 
Senatiga bu haqda axborot beradi. 
Monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlari: 
Iqtisodiy konyunkturaning tahlili va istiqbol ko‘rsatkichlarini; 
Muomalada bo‘lgan pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslangan 
chegaralarini; 
Pul massasi yillik o‘sish sur’atining aniq maqsadli ko‘rsatkichlarini, 
shu jumladan, Markaziy bank ichki aktivlarining o‘zgarishini; 
Valyuta hamda foiz siyosatining asosiy yo‘nalishlarini; 


 
48 
Pul-kredit sohasini tartibga solishga doir harakatlarning aniq 
maqsadli asosiy ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olishi lozim
47
.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan 
“Monetar siyosatning 2018-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari”da 
quyidagilar belgilab qo‘yilgan: 
 
I. Pul-kredit siyosatining 2018-yildagi maqsad va vazifalari. 
2018-yilda pul-kredit siyosati iqtisodiyotda nisbatan yuqori 
inflyatsion kutilmalar sharoitida amalga oshiriladi. Shundan kelib 
chiqqan holda, 2018-yili pul-kredit siyosatini amalga oshirishda asosiy 
e’tibor monetar omillarning inflyatsiyaga ta’sirini minimallashtirish va 
shu orqali narxlar barqarorligini ta’minlash uchun zarur sharoitlarni 
yaratishga qaratiladi. 
Inflyatsiya darajasining pul massasi hamda milliy valyutaning 
almashuv kursi bilan bog‘liqlik darajasini inobatga olib, pul-kredit 
siyosatida oraliq mo‘ljal sifatida “pul massasining o‘zgarishi”dan 
foydalaniladi. 
Iqtisodiyotdagi inflyatsion bosimni pasaytirish maqsadida bank 
tizimidagi 
likvidlilik 
va 
pul 
massasi 
hajmiga 
pul-kredit 
instrumentlaridan faol va moslashuvchanlik bilan foydalanish orqali 
ta’sir ko‘rsatiladi. 
Qat’iy pul-kredit siyosatining yuritilishi iqtisodiyotda real foiz 
stavkalarining ijobiyligini ta’minlash hamda ichki omillar hisobiga 
almashuv kursi keskin tebranishini kamaytirish imkonini beradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling