O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


Pul-kredit siyosatining foiz instrumentlarini takomillashtirish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

Pul-kredit siyosatining foiz instrumentlarini takomillashtirish. 
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining likvidliligini tartibga 
solish 
va 
uni 
boshqarishda 
pul-kredit 
siyosatining 
bozor 
instrumentlaridan faol foydalanib boriladi. Bunda, xalqaro tajriba va 
mamlakatimiz bank tizimining o‘ziga xos xususiyatini inobatga olgan 
holda tijorat banklariga likvidlik berish bo‘yicha yangi instrumentlar 


 
50 
joriy etilishi va mavjud instrumentlarni takomillashtirish borasidagi 
sa’y-harakatlar faollashtiriladi. 
2018-yilda bank tizimida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ortiqcha 
likvidlilikning inflyatsion bosimini kamaytirish maqsadida tijorat 
banklarining bo‘sh pul mablag‘larini Markaziy bank depozitlariga jalb 
qilish operatsiyalarini ham takomillashtirish va kengaytirish ko‘zda 
tutilgan. 
2018-yilda 
Markaziy 
bank 
ochiq 
bozor 
operatsiyalarini 
faollashtirish maqsadida Moliya vazirligi bilan birga davlat qimmatli 
qog‘ozlarini muomalaga chiqarish masalasida yaqindan hamkorlik 
qiladi. 
2018-yilda bank tizimidagi likvidlilikni samarali boshqarish 
salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida majburiy zaxiralash 
me’yori va talablarini takomillashtirish ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda, 
tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni 
shakllantirish bo‘yicha tartib xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda 
qayta ko‘rib chiqiladi. 
Valyuta siyosatini amalga oshirishda asosiy e’tibor valyuta 
kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanishiga hamda Markaziy 
bankning valyuta birjasidagi ishtirokini minimallashtirishga qaratiladi. 
Bunda, Markaziy bankning valyuta birjasidagi intervensiyalari “oltin-
valyuta zaxiralarining neytralligi”ni ta’minlash maqsadlaridan kelib 
chiqib, monetar oltinni xarid qilish operatsiyalari natijasida iqtisodiyotda 
hosil bo‘lgan qo‘shimcha likvidlik va pul massasini “sterilizatsiya” 
qilishga qaratiladi. 
Valyuta kursi siyosatini yuritishda ushbu yondashuv mohiyatan 
erkin o‘zgarib boruvchi valyuta rejimi talablariga mos kelib, almashuv 
kursining iqtisodiyotda “ichki avtomatik stabilizator” funksiyasini 
bajarishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Demak, so‘mni erkin suzish 
rejimiga o‘tishi ko‘zda tutilmoqda (Markazyi bank shu vaqtagcha 
so‘mni boshqariladigan suzish rejimiga ega ekanligini e’tirof etib kelar 
edi). 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling