O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov
3-rasm. O‘zbekiston Respublikasida muomaladagi naqd pullarning
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 29,4 30,4 40,9 26.5
45 3-rasm. O‘zbekiston Respublikasida muomaladagi naqd pullarning M2 pul massasi tarkibidagi salmog‘i 46 , foizda 3-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, respublikamizda, kengaytirilgan pul agregati tarkibida naqd pullar yuqori salmoqni egallaydi. Bu esa, naqd pul muomalasi bilan iqtisodiy faollik o‘rtasida bevosita va kuchli aloqadorlikning mavjudligidan dalolat beradi. Holbuki, taraqqiy etgan mamlakatlarda naqd pullarning M2 pul agregati tarkibidagi salmog‘i 5 foizdan oshmaydi. Mamlakatda naqd pullardan foydalanish sohalarini cheklab qo‘yilganligi, Markaziy bankning zaxira-vakillik tizimini uzluksiz tarzda amal qilmasligi, Davlat byudjetining kassa ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan naqd pullik to‘lovlarning to‘liq Markaziy bank tomonidan ta’minlanmayotganligi, bu to‘lovlarning asosiy qismini tijorat banklarining zimmasiga yuklanganligi, naqd va naqdsiz pullarning qiymati o‘rtasida sezilarli farqning mavjudligi, plastik kartochkalarga asoslangan to‘lovlar tizimining takomillashmaganligi naqd pullarga bo‘lgan talabning kuchayishiga olib keldi. Buning oqibatida naqd pul muomalasi bilan iqtisodiy faollik o‘rtasida bevosita bog‘liqlik yuzaga keldi. Bunday sharoitda, fikrimizcha, M1 pul agregatini nazorat obyekti qilib olish maqsadga muvofiq emas. Chunki talab qilib olinadigan 46 Monetar siyosat. www.cbu.uz. 0 5 10 15 20 25 30 35 40 45 2015 yil 2016 yil 2017 yil 2018 yil 29,4 30,4 40,9 26.5 46 depozitlar bilan naqd pullarning harakati o‘rtasida kuchli bog‘liqlik mavjud bo‘lib, muddatli depozitlarning pul massasiga ta’sirini hisobga olish imkoni bo‘lmaydi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul bazasi orqali muomaladagi pul massasiga bevosita va faol tarzda ta’sir etish imkoniyatiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki majburiy zaxira siyosatidan an’anaviy monetar instrument sifatida faol tarzda foydalanmoqda. Majburiy zaxira ajratmalari esa pul bazasining muhim elementi bo‘lib, pul massasining multiplikativ ko‘payishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Pul bazasining elementlaridan yana biri tijorat banklarining Markaziy bankning balansidagi “Vostro ˮ vakillik hisobraqamlarining qoldiqlari bo‘lib, Markaziy bankning obligatsiyalarini tijorat banklariga sotish yo‘li bilan uning miqdorini kamaytirish mumkin. Yoki Markaziy bankning REPO operatsiyalaridan foydalanish orqali “Vostro ˮ vakillik hisobraqamlarining qoldiqlari miqdorini oshirish mumkin. Bunda, ayniqsa, Markaziy bank tomonidan qimmatli qog‘ozlarni qaytarib sotib olish sharti bilan sotish usulidan keng foydalanish mumkin. Amalda tijorat banklarining pullari Markaziy bankning pullari asosida shakllanadi. Pul bazasining keskin qisqarishi pul agregatlari miqdorining kamayishiga olib keladi. Buning sababi shundaki, tijorat banklarining “Nostro ˮ vakillik hisobraqamlari qoldiqlarining kamayishi birinchi navbatda ularning balansidagi depozitlar miqdorining kamayganligini anglatadi. “Keng ˮ pul bazasi tarkibiga odatda tijorat banklarining Markaziy bankning balansida ochilgan vakillik hisobraqamlarining qoldiqlari, muomalaga chiqarilgan naqd pullar va majburiy zaxira ajratmalari kiradi (shunisi xarakterliki, respublikamiz tijorat banklari milliy valyutada faqat bittagina vakillik hisobraqamiga ega bo‘lib, u ham bo‘lsa Markaziy bankning balansida ochilgan vakillik hisobraqamidir). Vakillik hisobraqamlari qoldiqlarining banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan miqdordan yuqori bo‘lishi tijorat banklarining kredit faolligini past ekanligidan, bank aktivlari 47 daromadlilik darajasining yetarli darajada emasligidan va pul massasining multiplikativ asosda ko‘paytirish imkoniyatidan to‘liq foydalanilmayotganligidan dalolat beradi. Buning sababi shundaki, muomaladagi pullarning asosiy qismi tijorat banklari kredit emissiyasining natijasidir. Banklarning vakillik hisobraqamlarida pul mablag‘larining to‘planishi jalb qilingan mablag‘lardan va bankning o‘z mablag‘laridan aktiv operatsiyalarda va, birinchi navbatda, kredit operatsiyalarida foydalanilmayotganligidan dalolat beradi. Masalan, tijorat banklarining xorijiy valyutalardagi “Nostro” vakillik hisobraqamlarida vaqtinchalik valyuta mablag‘larining etishmasligi muammosi xorijiy vakil bankning overdraft kreditlari orqali qisqa vaqt oralig‘ida hal qilinishi mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling