O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК
nisbatan nominal almashuv kursi
31 2-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2012-2015-yillarda Yaponiya ienining AQSh dollariga nisbatan devalvatsiyasi kuzatildi. 2016-yilda ienning dollarga nisbatan qadri sezilarsiz darajada oshdi. Bu esa, Yaponiya Markaziy bankining kursi siyosatini eksportni rag‘batlantirishga qaratilganligi bilan izohlanadi. 2-rasm ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, Xitoy Xalq banki eksportni rag‘batlantirish maqsadida milliy valyutaning AQSh dollariga va boshqa yetakchi valyutalarga nisbatan nominal almashuv kursini atayin past saqlab turibdi. Bu esa, Xitoyning asosiy tashqi savdo hamkorlari bo‘lgan davlatlarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Davlat byudjeti defitsiti darajasining YaIMga nisbatan 3 foizdan yuqori bo‘lishi foiz me’yorining oshishiga olib keladi. Natijada, baholar darajasining o‘sishi yuz beradi. Bu esa, o‘z navbatida, investitsiyalar darajasini pasaytiradi va shuning asosida ishlab chiqarish real hajmining o‘sishi sekinlashadi. Bunday sharoitda uzoq muddatli davriy oraliqlarda pul massasi o‘sishining barqaror darajasining saqlab turilishi, baholar 31 31 International Financial Statistics, 2017. www.imf . org. 86,32 105,37 119,8 120,42 117,11 6,2855 6,0969 6,119 6,4936 6,937 0 20 40 60 80 100 120 140 2012 yil 2013 yil 2014 yil 2015 yil 2016 yil Yaponiya iyeni Xitoy yuani 31 darajasini o‘sishi davom etayotgan sharoitda, pul massasining o‘sish sur’ati bilan ishlab chiqarish real hajmi tabiiy darajasining o‘sishi o‘rtasidagi farqning saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Bunday sharoitda Markaziy bank davlat byudjeti defitsitining inflyatsiya jarayonlarini kuchayish omili sifatidagi ahamiyatiga barham berish maqsadida indikator sifatida baholar darajasining barqaror o‘sish ko‘rsatkichidan foydalanishga majbur bo‘ladi. Odatda, byudjet defitsitini o‘sishi oqibatlariga qarshi kurashishning maqbul yo‘li bo‘lib, muomaladagi pul massasini o‘sish sur’atlarini jilovlash hisoblanadi. Ushbu taktik maqsad byudjet defitsiti bilan bog‘liq pulning aylanish tezligini oshishiga xizmat qiladi. Buning natijasida davlat byudjeti defitsitining nominal milliy daromadning o‘sishiga nisbatan yuzaga kelgan salbiy ta’siriga barham beriladi. Lekin qisqa muddatli davriy oraliqlarda ishlab chiqarishning real hajmi va baholar darajasi o‘zgarmaydi. O‘zbekiston Respublikasida rasman pullar taklifini tartibga solish Markaziy bank monetar siyosatining taktik maqsadi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunining 23-moddasiga asosan, respublikamiz Markaziy banki «pul massasi yillik o‘sish sur’atining aniq maqsadli ko‘rsatkichlarini» belgilaydi 32 . Shuningdek, mamlakat hukumatining 2003-yil 4-fevraldagi 63-sonli “Pul-kredit ko‘rsatkichlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida ˮgi qaroriga asosan, Markaziy bankka pul massasining o‘sishini nazorat qilish majburiyati yuklatilgan 33 . 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan monetar siyosatni takomillashtirish vazifasidan kelib chiqqan holda, qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13- sentyabrdagi PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish vazifasi qo‘yildi. 32 O‘zbekiston Respublikasi qonuni. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida. – Toshkent: O‘zbekiston, 2006. – B. 15. 33 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi 63-sonli “Pul-kredit ko‘rsatkichlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami. – Toshkent, 2003. – №3. – B. 29. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling