49
xalqaro kredit liniyalari va xoriijy investitsiyalar hajmining oshib borishi
pul massasining tezroq sur’atlarda oshishiga olib kelishi mumkin.
III. 2018-yilda pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish
chora-tadbirlari
O‘rta muddatda bosqichma-bosqich
inflyatsiyanii targetlash
rejimiga o‘tiladi. Bunda, 2018-yilning birinchi choragida “O‘rta
muddatda pul-kredit siyosatini takomillashtirish va amalga oshirish
konsepsiyasi” 2018-2021-yillarda inflyatsiyani
targetlash rejimiga
o‘tishni ta’minlovchi “yo‘l xaritasi” bo‘lib xizmat qiladi.
“Konsepsiya” samarali pul-kredit siyosatini amalga oshirish
maqsadida ichki makroiqtisodiy omillar va tashqi sharoit o‘zgarishini
inobatga olgan holda pul-kredit instrumentlarini takomillashtirish uchun
zarur sharoit yaratish hamda ularning
transmission mexanizmi
samaradorligini
oshirib
borishga
Markaziy
bankning
amaliy
yondashuvlarini o‘zida aks ettiradi.
2018-yilda pul-kredit instrumentlari samaradorligini oshirish
choralari mamlakatda yuzaga kelgan
yangi iqtisodiy voqelik va
talablarga mos ravishda majburiy zaxiralash talablarini takomillashtirish,
banklararo pul bozori faoliyatini kengaytirish,
monetar operatsiyalar
o‘rni va ta’sirini oshirish, pul-kredit va fiskal
siyosat mutanosibligini
ta’minlashga qaratiladi.
Xalqaro tajriba va andozalar asosida bank nazorati amaliyotini
takomillashtirish.
Shuningdek, bank tizimida raqobat muhitini
yaxshilash, banklarning kredit siyosatida
bozor mexanizmlarini keng
joriy etish bo‘yicha ishlarning amalga oshirilishi bank tizimiga bo‘lgan
ishonchning
ortishiga
va
pul-kredit
siyosati
samaradorligini
ta’minlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: