51
Pul bozori faoliyatini takomillashtirish.
2018-yilda qisqa muddatli likvidlilikni taqdim etish.
Banklararo
resurslar bozori uchun yagona elektron platformani ishga tushirish
ko‘zda tutilmoqda.
Shaffoflikni oshirish va muloqot tizimini shakllantirish.
2018-yilda Markaziy bank tomonidan faoliyat shaffofligini oshirish
maqsadida hamda aholi va tadbirkorlarga elektron va ommaviy axborot
vositalari orqali qabul qilinayotgan qarorlarning
sabab va mohiyatini
tushuntirishga, inflyatsiya darajasiga ta’sir etuvchi omillar tahlili va
inflyatsion xatarlarning oldini olish borasida
amalga oshirilayotgan
ishlarni tizimli ravishda izohlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Tahlil va prognoz salohiyatini mustahkamlash.
O‘rta muddatli istiqbolda inflyatsiyanii targetlashga o‘tish 2018-
yildan boshlab Markaziy bankning tahlil va prognoz salohiyatini
mustahkamlash hamda zamonaviy andozalar
asosida izchillik bilan
takomillashtirishni taqozo etadi. Xususan, 2018-yil davomida bank
tizimidagi likvidlilikni va inflyatsiyani omillar
kesimida tahlil qilishga,
zamonaviy to‘lov balansi statistikasi metodikasini amaliyotga joriy
etishga.
Asosiy
makroiqtisodiy
va
pul-kredit
ko‘rsatkichlarini
modellashtirish
asosida
prognoz
qilish
instrumentlarini
takomillashtirishga qaratilgan ishlar yanada jadallashtiriladi.
Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik.
Pul-kredit siyosatini sifat jihatdan yangi
bosqichga olib chiqish
maqsadida Markaziy bank xalqaro moliya institutlari va markaziy
banklar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Jumladan, 2018-yilda pul-
kredit siyosatini takomillashtirish va monetar instrumentlar o‘rnini
mustahkamlash, bank tizimidagi likvidlik tahlili va prognozi, pul bozori
operatsiyalarining samaradorligini oshirish maqsadida Xalqaro valyuta
fondining maxsus texnik ko‘mak missiyasini
jalb etish hamda xorijiy
mamlakatlar markaziy banklarining ilg‘or tajribasini o‘rganish va tajriba
almashish amaliyotini kengaytirish nazarda tutilmoqda
48
.
48
www.cbu.uz. Monetar siyosatning 2018-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari (21-27-bb.).