O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


 Investitsiya loyihalari bo‗yicha boshqaruv qarorlari qabul qilish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet116/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

 
12.3. Investitsiya loyihalari bo‗yicha boshqaruv qarorlari qabul qilish 
Investitsiya faoliyati korxona tomonidan investitsiya resurslarini (pul 
mablag‗lari, qimmatli qog‗ozlar, aqliy salohiyat, kredit, yer va boshqa ko‗chmas 
mulk ob‘ektlari kabi) iqtisodiyot sohalariga daromad (foyda) olishni yoki ijtimoiy 
samaraga erishishni maqsad qilib joylashtirilish jarayonini o‗zida ifoda etadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalar yo‗naltiriladigan sohaga ko‗ra ishlab 
chiqarish va moliyaviy investitsiyalarga bo‗linishi ko‗rsatib o‗tilgan.
Ishlab chiqarish (real) investitsiyasi korxona faoliyatining muayyan sohasi 
va turiga, real kapital o‗sishiga ya‘ni ishlab chiqarish vositalari, aylanma 
mablag‗lar qiymatini o‗sishiga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik 
ishlanmalarini rivojlantirishga asosiy omil bo‗luvchi xarajatlardir.
Moliyaviy (portfelli) investitsiyalar esa qimmatli qog‗ozlar va boshqa 
moliyaviy qo‗yilmalarga qilingan xarajatlarni ifodalaydi. Bu xarajatlar bevosita 
moddiy kapitalni ko‗paytira olmaydi, ammo korxonaga qo‗shimcha foyda 


191 
keltiradi. Qo‗shimcha foyda tarkibiga qimmatli qog‗ozlar kursining vaqtga qarab 
ijobiy o‗zgarishi yoki ijobiy valyuta tafovuti kiritiladi.
Investitsiya pul mablag‗larini biror-bir faoliyat turiga ma‘lum muddatga 
sarflanishiga qarab, uzoq (1 yildan ortiq) va qisqa muddatli (1 yilgacha) 
investitsiyalarga bo‗linadi.
Investitsiya xarajatlari faqat kelgusida daromad keltirganligi bois investitsiya 
faoliyati korxonalar uchun murakkab hisoblanadi. Shu sababli, korxonalar oqilona 
investitsiya qarorlari qabul qilish uchun dastlab taklif etilayotgan loyihalarning 
iqtisodiy samaradorligini baholashlari hamda ularning ko‗p mablag‗ talab 
qiladigan tomonlari haqida aniq ma‘lumot olishga harakat qilishlari lozim.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling