O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06
Хd
- Хuz) - (B х М Хuz) - (B х М = d I bu yerda, d I -ishlab chiqarish dastagi; x M -sotilgan mahsulot hajmi, dona; B-bir birlik mahsulotning bahosi; Хuz -bir birlik mahsulotga to‗g‗ri keladigan o‗zgaruvchan xarajatlar; Хd -doimiy xarajatlar. Ishlab chiqarish dastagi korxona rahbarlariga xarajatlar va foydani boshqarish, yuqori foyda olish bo‗yicha strategiyani ishlab chiqishga ko‗maklashuvchi moliyaviy ko‗rsatkich hisoblanadi. Mazkur ko‗rsatkich hajmining o‗zgarishiga quyidagi omillar ta‘sir qiladi: o‗zgaruvchan va doimiy xarajatlar; sotish bahosi va hajmi; yuqoridagi omillar kombinatsiyasi (moliyaviy va ishlab chiqarish dastaklarini hisoblashda zanjirli bog‗lanish usulini qo‗llash). Shuningdek, sotishlar hajmini o‗zgarishi foydaning doimiy va o‗zgaruvchan xarajatlarga nisbati turlicha bo‗lgan korxonalarda bir xilda bo‗lmasligi mumkin. Bunda korxona xarajatlarining umumiy summasidagi doimiy xarajatlarni solishtirma og‗irligi qancha past bo‗lsa, korxona tushumi o‗zgarishi sur‘atlariga nisbatan foyda hajmi shunchalik o‗sadi. Ishlab chiqarish dastagi mexanizmining namoyon bo‗lishi bir qator o‗ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat: 1. Ishlab chiqarish dastagining ijobiy samarasiga korxona mahsulot ishlab 189 chiqarishning zararsiz nuqtasini bartaraf etgandan keyingina erishish mumkin. Bunda korxona o‗zining avvalgi doimiy xarajatlarini qoplash uchun marjinal daromadning yetarli miqdorini belgilaydi; 2. Sotish hajmining bundan keyingi ortib borishi va zararsizlik nuqtasidan uzoqlasha borishi bilan ishlab chiqarish dastagi samarasi pasaya boradi. Sotish hajmini o‗sishining har bir keyingi foizi foyda summasining o‗sishini ta‘minlaydi; 3. Ishlab chiqarish dastagi mexanizmi teskari yo‗nalishga ham ega ya‘ni sotish hajmini pasayishida korxona foydasi hajmi ham kamayib boradi; 4. Ishlab chiqarish dastagi va korxona foydasi o‗rtasida teskari bog‗liqlik mavjud, korxona foydasi qancha yuqori bo‗lsa, ishlab chiqarish dastagi samarasi shuncha past bo‗ladi va uning teskarisi ham kuzatiladi; 5. Ishlab chiqarish dastagi samarasi faqat qisqa muddatda yuzaga keladi ya‘ni korxona doimiy xarajatlari qisqa vaqt oralig‗idagina o‗zgarishsiz qoladi. Sotish hajmini ortishi jarayonida doimiy xarajatlar summasining navbatdagi o‗zgarishi ro‗y berishi bilanoq korxona zararsizlikning yangi nuqtasini belgilashi va unga o‗zining ishlab chiqarish faoliyatini muvofiqlashtirishi lozim. Korxona tovar bozorining sotish hajmi pasayishi mumkinligini belgilab beruvchi noqulay kon‘yunkturada, shuningdek, korxona iqtisodiy faoliyatining ilk bosqichlarida zararsizlik nuqtasi bartaraf etilmaganda, doimiy xarajatlarni pasaytirish uchun chora-tadbirlar ko‗riladi. Shuningdek, tovar bozorining qulay kon‘yunkturasida va chidamlilikni ma‘lum marjinal zaxirasi mavjudligida doimiy xarajatlarni iqtisod qilishni amalga oshirishga bo‗lgan talablar ancha pasayishi mumkin. Bunday sharoitlarda korxona asosiy ishlab chiqarish vositalarini qayta jihozlashi va yangilashi, real investitsiyalar hajmini ancha kengaytirishi lozim. Zarurat tug‗ilganda har bir korxona doimiy xarajatlar summasi va hajmini pasaytirish uchun yetarli darajada resurslarga ega bo‗lishi zarur. Ushbu resurslar tarkibiga tovar bozorining noqulay kon‘yunkturasida ustama xarajatlar (boshqarish xarajatlari)ni imkon darajada qisqartirish, amortizatsiya ajratmalarini kamaytirish maqsadida nomoddiy aktivlar va asbob-uskunalarni foydalanilmayotgan qismini sotish, asosiy vositalarni sotib olmasdan ularni operativ lizing shartnomasi asosida 190 olish, kommunal xizmatlar hajmini qisqartirish va h.k.lar kiradi. O‗zgaruvchan xarajatlarni tejashning asosiy zaxiralari qatoriga quyidagilar kiritiladi: xodimlar mehnat unumdorligini oshirish hisobiga asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xodimlari sonini kamaytirish, tovar bozorining noqulay kon‘yunkturasi sharoitida xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar zaxiralari hajmini qisqartirish, xomashyo va materiallarni yetkazib berishning korxona uchun qulay sharoitlarni yaratish va bosho‗. Ishlab chiqarish dastagi mexanizmidan foydalanish doimiy va o‗zgaruvchan xarajatlarni aniq maqsadga yo‗naltirish va boshqarish, beqaror bozor sharoitida ular o‗rtasidagi o‗zaro nisbatni tezkor o‗zgartirib borish hamda korxona foydasini oshirishga imkon beradi. Shunday qilib, CVP - tahlili korxona rahbarlariga o‗zgaruvchan va doimiy xarajatlar, baho va mahsulot sotish hajmi o‗rtasidagi bog‗liqlikni aniqlashga, ishbilarmonlik riskini pasaytirish imkonini yaratadi. Uni universal formulasini qo‗llash orqali o‗tkaziladigan tahlil sifatini oshirishga erishiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling