192
nostandart texnologik jihozlarni tayyorlovchi
va yetkazib beruvchilarni
aniqlash;
qurilish-montaj ishlari;
ob‘ektni ishlab chiqarishda tajribadan o‗tkazish, iqtisodiy ko‗rsatkichlar
monitoringi va ob‘ektni loyiha quvvatiga yetkazish.
Investitsiya loyihalarni amaliyotga tadbiq qilish jarayoni ikkita bosqichga
ajratiladi:
Loyihani ishlab chiqish loyiha maqsadlariga erishish uchun amalga
oshiriladigan boshlang‗ich jarayon bo‗lib, u dastlabki
hisob-kitoblarni bajarish,
qulay variantlarni tanlash, loyiha qarorlarini iqtisodiy jihatdan asoslashdir.
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda asosiy vazifa - loyihani amalga
oshirish haqida qaror qabul qilish va bu loyihaga investitsiya
ajratish maqsadida
har taraflama texnik-iqtisodiy asosnoma tayyorlashdir. Agar loyiha tijorat
xususiyatiga ega bo‗lsa, texnik-iqtisodiy asosnomaga qo‗shimcha
ravishda
loyihaning biznes-rejasi ham ishlab chiqilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: