O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


 Boshqaruv hisobining tarixiy shakllanishi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

1.2. Boshqaruv hisobining tarixiy shakllanishi 
Respublikamizda Boshqaruv hisobini alohida fan sifatida rivojlantirish 
yo‘nalishlarini belgilash uning tarixiy shakllanish jarayonini o‘rganish 
zaruratini yuzaga keltiradi. 
Boshqaruv hisobi dastlab boshqaruv hisobi bo‘lib buxgalteriya hisobining 
tarkibida mustaqil fan sifatida rasman 1972 yilda tan olindi. Bu paytda 
buxgalterlarning Amerika assotsiatsiyasi tomonidan boshqaruv hisobi bo‘yicha 
bitiruvchilarga buxgalter-tahlilchi malakasini beradigan diplomli dasturi ishlab 
chiqilgan edi. Binobarin, mustaqil o‘quv fani sifatida boshqaruv hisobi oliy 
o‘quv yurtlarining o‘quv rejasiga kiritilgan edi. Uning paydo bo‘lishi hamda 
shakllanishi kalkulyatsiya va ishlab chiqarish hisoblarining rivojlanishi bilan 
bog‘liq.
Kalkulyatsiya hisobi xo‘jalik hisobi paydo bo‘lishi bilan bir vaqtning 
o‘zida kelib chiqqan va tovar almashuv muomalalari natijasi bo‘lib hisoblangan. 
―Kalkulyatsiya‖ so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z tarjimada 
«calcul» - toshcha ya‘ni ―toshchalar bilan sanash‖ ma‘nosini anglatadi. 
Ikkiyoqlama yozuvning paydo bo‘lishi kalkulyatsiya hisobining rivojlanishini 
yanada yuqoriroq pog‘onaga ko‘tardi. Korxonaning umumiy buxgalteriyasi 
tarkibida kalkulyatsiya hisobining ajratib ko‘rsatilishi esa buxgalteriya hisobini 
ÿnada takomillashtirish imkonini berdi. 
Iqtsodiyotni modernizatsiyalash sharoitida buxgalteriya hisobini xalqaro 
hisob tizimi asosida takomillashtirish, jumladan axborotlarni o‘z vaqtida 
foydalanuvchilarga etkazish, tijorat sirini saqlanishini ta‘minlash, korxona 
buxgalteriyasini ikki mustaqil qism: moliyaviy va kalkulyatsiya hisobiga 


11 
bo‘linishini shart qilib qo‘ydi. Bu tarzda buxgalteriyaning mustaqil qismlarga 
bo‘linishi moliyaviy hisobni markazlashtirish va kalkulyatsiya hisobini esa 
nomarkazlashtirishga sabab bo‘ldi. Natijada, kalkulyatsiya hisobi o‘z 
vazifalariga ega bo‘la boshladi va boshqaruv jarayonini tezkor-tahliliy axborot 
bilan ta‘minlash, korxona bo‘linmalari xarajatlari va daromadlarini nazorat 
qilish imkoniyatini yaratdi. Ushbu omillar xarajatlar me‘yorlari, mahsulotning 
normativ kalkulyatsiyasini ishlab chiqish, haqiqiy xarajatlarning me‘yoriy 
xarajatlarga muvofiqligini tezkor nazorat qilish, mavjud chetlanishlarni aniqlash 
va bartaraf qilishga imkon tug‘dirdi hamda tannarxning shakllanish jarayonini 
boshqarishning chetlanishlar bo‘yicha boshqaruv usuli yuzaga keldi.
XX asrning 40-yillari ohirida AQSh va G‘arbiy Evropaning ayrim 
mamlakatlarida ―ishlab chiqarish hisobi‖ atamasi asta-sekin ―boshqaruv hisobi‖ 
atamasiga almashina boshladi. Bu davrda buxgalteriya hisobi boshqaruv 
siyosatini shakllanishi va amalga oshirilishida faol ishtirok eta boshladi, 
buxgalterlar esa taxminlash, rejalashtirish, boshqaruv qarorlari qabul qilish va
korxona boshqaruv xizmatlarini axborot bilan ta‘minlash ustidan nazorat 
o‘rnatish sohasida faoliyat yurita boshladilar.
O‘zbekiston korxonalarida ko‘pgina buxgalterlar an‘anaviy buxgalteriya 
hisobi bilan shug‘ullanadilar. Ko‘pgina korxonalarda boshqaruv hisobi olib 
borilmaydi yoki bu hisob juda sust rivojlangan. Uning ko‘pgina unsurlari bizning 
an‘anaviy buxgalteriya va operativ hisobimizga, iqtisodiy tahlilimiz tarkibiga 
kiradi. Shu bilan birga, O‘zbekiston hisob amaliyoti hali marketing 
imkoniyatlaridan foydalangan emas, unda haqiqiy xarajatlarning taxminiylardan 
og‘ishishlarini, 
mahsulotni 
sotishning 
zararsizlik 
nuqtasini 
aniqlash, 
byudjetlashtirish, transfert bahoni shakllantirish, ichki hisob va auditning 
metodikasi kabi katta imkoniyatlardan foydalanilmayapti. 
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, iqtisodiy jihatdan rivojlangan 
mamlakatlarda firma va kompaniyalar buxgalteriya hisobi sohasida ish vaqtining 
asosiy qismini boshqaruv hisobini tiklash va yurgazishga xarajat qiladilar, ayni 
vaqtda, an‘anaviy moliyaviy hisobga faqat qolgan qismigina ketadi. Respublikamiz 


12 
korxonalarida esa bu nisbatning, afsuski, mutlaqo aksini ko‘ramiz. Bunga sabab, 
boshqaruv hisobining O‘zbekistondagi mavjud qonuniy va me‘yoriy hujjatlarda 
o‘z aksini topmaganidir. Masalan, ―Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida‖gi Qonunda 
faqat buxgalteriya hisobiga aniqlik kiritilgan, unda na moliyaviy va boshqaruv 
hisobi to‘g‘risida hech narsa deyilmagan. Ma‘lumki, u yoki bu hodisa mohiyatini 
tushunish uchun dastlab uning tarixan tiklanish va rivojlanish, shuningdek, sabab-
oqibat munosabatlarini aniqlash zarur.
Boshqaruv hisobining tiklanishi va shakllanishini kalkulyatsion va ishlab 
chiqarish hisoblarini rivojlanishi tarixidan ajralgan holda tasavvur etish qiyin.
Boshqaruv hisobi tiklanishi va rivojlanishi yo‘lida mavjud buxgalteriya 
bazasida ikki mustaqil schetlar rejasi – moliyaviy va boshqaruv hisobini qo‘llash 
amaliy qadam bo‘lib qoldi. Bunday bo‘linish sezilarli tarzda Evropa 
mamlakatlarining yagona milliy rejalari shakllanishiga ta‘sir qila boshladi. Gap 
shundaki, ikkinchi jahon urushiga qadar Evropa mamlakatlarida (Frantsiya, 
Germaniya va h.k.) buxgalteriya hisobi yagona hisob rejasi bo‘yicha olib borildi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin esa Evropa iqtisodiy hayotida AQSh kapitali hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etdi, shu bilan birga buxgalteriya hisobining shakllanishiga 
ingliz-amerika yondoshuvchi bo‘ldi. Chunki boshqaruv hisobida taxminlash va 
rejalashtirish funktsiyalari tarkibiy funktsiyalardan bo‘lib qoldi, ularning yagona 
buxgalteriyada qo‘llanishi esa korxonaning tijorat sirlari buzilishiga olib keldi. Shu 
sababdan Evropa milliy hisob rejalarining bundan keyingi rivojlanishi ularning 
moliyaviy hisobot tuzish imkoniyatiga muvofiqlashuvi yo‘lidan bordi va 
ko‘pchilik hollarda moliyaviy hisob doiralari bilan chegaralana boshladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling