O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


-BOB. KOMPLEKS ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINING


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

9-BOB. KOMPLEKS ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINING 
TAQSIMLANISHI VA QO‘SHIMCHA MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH 
9.1. Kompleks xarajatlar to‗g‗risida tushunchalar 
Birgalikda ishlab chiqariladigan va qo‘shimcha mahsulotlar bir mahsulotni 
ishlab chiqarish muqarrar ravishda boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishga olib 
boradigan ishlab chiqarishga xosdir. Quyidagilar bunday tarmoqlarga misol bo‘la 
oladi: 
Tarmoq 
Tayyor mahsulot 
1. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash
Sut zavodi 
sut, qaymoq, saryog‘, tvorog 
Go‘sht kombinati 
Go‘sht, teri, yog‘, suyak 
2. Kimyo sanoati 
Organik kimyo zavodi 
Etilen, propilen, benzol 
Quyida kompleks ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish chog‘ida 
foydalaniladigan atamalar keltirilgan: 
Kompleks yoki qo’shimcha ishlab chiqarish xarajatlari. Bunga yagona 
texnologik jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan, shu jarayon davomida ikki yoki undan 
ortiq turdagi mahsulot ishlab chiqariladigan xarajatlar kiradi.
30
Qo’shma mahsulotlar - bu (1) ancha bozor qiymatiga ega bo‘lgan, (2) 
ajralib chiqish nuqtasiga qadar alohida mahsulot bo‘la olmaydigan ikki va undan 
ortiq mahsulotdir. 
Ajralish nuqtasibu texnologiya jarayonidagi qo‘shma mahsulot alohida 
mahsulot sifatida tan olinadigan nuqta. 
Alohida xarajatlar ~ ajralish nuqtasidan keyin mahsulot bilan bog‘liq 
xarajatlar 
Qo’shimcha mahsulotlar - bu (1) ancha bozor qiymatiga ega bo‘lgan, (2) 
ajralish nuqtasiga qadar asosiy mahsulotdan ajralmaydigan mahsulotlar. 
Kompleks ishlab chiqarishda bir mahsulotni ikkinchi mahsulotsiz ishlab 
chiqarib bo‘lmaydi, lekin nisbati turlicha bo‘lishi mumkin. Go‘sht etkazib beruvchi 
30
Management Accounting for Business Decisions, 2
nd
 Edition, by Colin Drury, 2012 р.562


127 
kompaniya qushxonada faqat bir xil mahsulot olmaydi, chunki go‘sht bilan birga 
suyak, teri, yog‘ chiqadi. 
Kompleks ishlab chiqarishda xarajatlarni taqsimlash sabablari: 
1. Tashqi moliya hisobotlari va soliq organlari uchun zahiralarni va sotilgan 
mahsulot tannarxini baholash. 
2. Ichki maqsadlar uchun, masalan, ijrochilarni mukofotlash uchun 
zahiralarni va sotilgan mahsulot tannarxini baholash. 
3. Xaridorga birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotning faqat bir qismini 
sotishni ko‘zda tutuvchi shartnomalar bo‘yicha xarajatlarni aniqlash. 
4. Tariflarni davlat yo‘li bilan tartibga solish. Masalan, neft va tabiiy gaz 
kompleks qayta ishlanadi, lekin AQShda faqat tabiiy gaz narxni tartibga solish 
ob‘ektidir. 
Alohida xarajatlar 
A Mahsulot
Kompleks xarajatlar 
Asosiy materiallar, asosiy mehnat, ishlab 
chiqarish ustama sarflari 
B Mahsulot
Ajralish nuqtasi 
Alohida xarajatlar 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling