128
1) Sotishga asoslangan usul
Bu usul kompleks xarajatlarni ajralish nuqtasida mahsulotlarning bozor
qiymati
asosida taqsimlaydi, ya‘ni bu usuldan foydalanilganda kompleks
chiqimlar birgalikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga
ularni sotish qiymatining
baholariga mutanosib taqsimlanadi, bunda sotishning yuqori narxlariga ko‘p
xarajatlar muvofiq kelishi nazarda tutiladi.
Misol Kompleks xarajatlar 1000 sh.b.
Mahsulotlar
Birliklar miqdori
Birlikning
ajralish
nuqtasidagi bozor qiymati,
sh.b.
Sotishning jami
qiymati, sh.b.
A Mahsulot
100
20
2000
B Mahsulot
400
15
6000
Jami
8000
A mahsulotga 1000 sh.b. taqsimlangan x (2000 sh.b. / 8000 sh.b.) = 250
sh.b.
B mahsulotga 1000 sh.b. taqsimlangan x (6000 sh.b. / 8000 sh.b.) = 750
sh.b.
Taqsimlangan jami kompleks xarajatlar 1000 sh.b.
Sotish
qiymatiga
asoslangan
usul
natural
ko‘rsatkichlar usuli
kamchiliklaridan holi bo‘lsa-da, uning bitta nuqsoni bor:
u oldingi xarajatlar
sotishdan olingan daromadlar bilan aniqlanadi, degan tasavvurga asoslanadi.
Masalan, sotishdan kam daromad tushadigan foydasiz mahsulotga kompleks
xarajatlar-ning kam qismi tasdiqlanadi va shu bilan u foyda beradi, degan taassurot
hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: