O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.3. Qo‘shimcha mahsulotni hisobga olish
A Mahsulot, sh.b. B Mahsulot,sh.b Jami, sh.b. Sotish qiymati 40000 40000 80000 Minus Yalpi foyda, 12,5 % 5000 5000 10000 Sotilgan mahsulot tannarxi 35000 35000 70000 Minus Alohida xarajatlar 16000 24000 40000 Kompleks ishlab chiqarish xarajatlari 19000 11000 30000 Bu usuldan foydalanilgandagi yagona gumon (taxmin) shundan iboratki, yakka darajada har bir mahsulot bo‘yicha xarajatlar va savdo hajmi o‘rtasida bir xil o‘zaro bog‘liqlik nazarda tutiladi. Bunday o‘zaro bog‘liqlik ko‘p turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalarda kamdan-kam kuzatiladi. (Mahsulotga taqsimlangan xarajatlar bu usuldan foydalanganda hamisha ijobiy bo‘lmaydi. Kompleks ishlab chiqarish xarajatlari ba‘zi mahsulotlarga manfiy belgi bilan o‘tadi) 9.3. Qo‘shimcha mahsulotni hisobga olish Kompleks va qo‘shimcha mahsulotlar hamda chiqindilar o‘rtasidagi tafovut ularning nisbiy qiymatidan iborat. Qo’shimcha mahsulot – bu kompleks ishlab chiqarish natijasidir. Ular birgalikdagi mahsulot yoki asosiy mahsulotning sotilgan qiymatiga nisbatan ancha past qiymatga ega bo‘ladi. Bunga paxtani qayta ishlash chog‘idagi tola (asosiy mahsulot) va chigit po‘yloq (qo‘shimcha mahsulot), benzin ishlab chiqarishda 132 kerosin va bitum bunga misol bo‘la oladi. 34 Chiqindilar bilan qo‘shimcha mahsulotlarni aniq chegaralab qo‘yish mumkin emas. Qo‘shimcha mahsulot: a) chiqindiga nisbatan bozorda katta qiymatga ega; b) ko‘pincha keyingi texnologiya jarayonining ob‘ekti bo‘ladi, chiqitlar esa darhol sotilishi shart, degan fikrlar bor. Qo‘shimcha mahsulotlar va chiqindilarni hisobga olish asoslari bir xil. Asosiy mahsulot xarajatlarini qo‘shimcha mahsulotlarning yoki chiqitlarning bozor qiymatiga kamaytirish eng yaxshi usul hisoblanadi. Qo‘shimcha mahsulot daromadlari yoki sof daromadlari (qo‘shimcha mahsulotni sotishdan olingan daromad miqdori minus ajralish nuqtasidan keyingi ishlov berishga qo‘shimcha xarajatlar) birgalikda ishlab chiqariladigan yoki ishlab chiqarish qo‘shimcha mahsulot olishga imkon beradigan asosiy mahsulot tannarxidan chiqarib tashlanadi. Qo‘shimcha mahsulotlarni hisoblashning ikki usuli mavjud: 1) Sotishdan tushgan sof daromadni qo‘shimcha mahsulotning haqiqatan sotilishiga qarab taqsimlash. Bu usulda qo‘shimcha mahsulotni sotishdan tushgan pul sotish paytidagi daromad sifatida kirim qilinadi. 2) Sotishdan olingan sof daromadni haqiqatan ishlab chiqarilgan qo‘shimcha mahsulotga qarab taqsimlash. Bu usulda qo‘shimcha mahsulotdan olingan daromad ishlab chiqarishni tugallash paytidagi kompleks xarajatlarni aks ettiradigan schetda kirim qilinadi. Misol. A mahsulotni ishlab chiqarish chog‘ida ishlab chiqarish jarayonining oxirida V qo‘shimcha mahsulot hosil bo‘ladi. 1 davrda quyidagi ma‘lumot olingan: Ikki mahsulot ajralguncha mahsulotga xarajatlar, $ 60000 Davrdagi ishlab chiqarish: A Mahsulot, birlik V Qo‘shimcha mahsulot, birlik 20000 4000 34 Management Accounting for Business Decisions, 2 nd Edition, by Colin Drury, 2012 р.605 133 V mahsulot ajralgach qo‘shimcha mahsulotga ishlov berishga xarajat (4000 b. har biri $ 0,1/b.) 400 Davrda sotildi: A Mahsulot, 15000 birlik V Qo‘shimcha mahsulot, 2000 birlik $ 5/b. $ 1/b. Qo‘shimcha mahsulotning haqiqatan sotilishiga qarab qo‘shimcha mahsulotni hisobga olish: 1. Asosiy mahsulot bir donasining tannarxi qo‘shimcha mahsulot sotilmaydigani nazarda tutib aniqlanadi. Buning uchun kompleks chiqimlar asosiy mahsulotga o‘tkaziladi: 60000/20000= $ 3/b. 2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot tuzish chog‘ida sotilgan mahsulotning tannarxidan qo‘shimcha mahsulotni sotishdan olingan sof tushum olinadi va shu bilan asosiy mahsulotga o‘tkazilgan xarajatlar kamaytiriladi: Qo‘shimcha mahsulotni sotishdan olingan sof tushumni hisoblash: 2000*(1-0,1) = $ 1800 Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling