O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet115/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

Хd
-
Хuz)
-
(B
х
М
Хuz)
-
(B
х
М
=
d
I
bu yerda,
d
I
-ishlab chiqarish dastagi; 
x
M
-sotilgan mahsulot hajmi, dona; 
B-bir birlik mahsulotning bahosi; 
Хuz
-bir birlik mahsulotga to‗g‗ri keladigan o‗zgaruvchan xarajatlar
Хd
-doimiy xarajatlar. 
Ishlab chiqarish dastagi korxona rahbarlariga xarajatlar va foydani 
boshqarish, yuqori foyda olish bo‗yicha strategiyani ishlab chiqishga 
ko‗maklashuvchi moliyaviy ko‗rsatkich hisoblanadi. Mazkur ko‗rsatkich 
hajmining o‗zgarishiga quyidagi omillar ta‘sir qiladi: 

o‗zgaruvchan va doimiy xarajatlar; 

sotish bahosi va hajmi; 

yuqoridagi omillar kombinatsiyasi (moliyaviy va ishlab chiqarish 
dastaklarini hisoblashda zanjirli bog‗lanish usulini qo‗llash).
Shuningdek, sotishlar hajmini o‗zgarishi foydaning doimiy va o‗zgaruvchan 
xarajatlarga nisbati turlicha bo‗lgan korxonalarda bir xilda bo‗lmasligi mumkin. 
Bunda korxona xarajatlarining umumiy summasidagi doimiy xarajatlarni 
solishtirma og‗irligi qancha past bo‗lsa, korxona tushumi o‗zgarishi sur‘atlariga 
nisbatan foyda hajmi shunchalik o‗sadi.
Ishlab chiqarish dastagi mexanizmining namoyon bo‗lishi bir qator o‗ziga 
xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Ishlab chiqarish dastagining ijobiy samarasiga korxona mahsulot ishlab 


189 
chiqarishning zararsiz nuqtasini bartaraf etgandan keyingina erishish mumkin. 
Bunda korxona o‗zining avvalgi doimiy xarajatlarini qoplash uchun marjinal 
daromadning yetarli miqdorini belgilaydi;
2. Sotish hajmining bundan keyingi ortib borishi va zararsizlik nuqtasidan 
uzoqlasha borishi bilan ishlab chiqarish dastagi samarasi pasaya boradi. Sotish 
hajmini o‗sishining har bir keyingi foizi foyda summasining o‗sishini ta‘minlaydi; 
3. Ishlab chiqarish dastagi mexanizmi teskari yo‗nalishga ham ega ya‘ni 
sotish hajmini pasayishida korxona foydasi hajmi ham kamayib boradi;
4. Ishlab chiqarish dastagi va korxona foydasi o‗rtasida teskari bog‗liqlik 
mavjud, korxona foydasi qancha yuqori bo‗lsa, ishlab chiqarish dastagi samarasi 
shuncha past bo‗ladi va uning teskarisi ham kuzatiladi; 
5. Ishlab chiqarish dastagi samarasi faqat qisqa muddatda yuzaga keladi 
ya‘ni korxona doimiy xarajatlari qisqa vaqt oralig‗idagina o‗zgarishsiz qoladi. 
Sotish hajmini ortishi jarayonida doimiy xarajatlar summasining navbatdagi 
o‗zgarishi ro‗y berishi bilanoq korxona zararsizlikning yangi nuqtasini belgilashi 
va unga o‗zining ishlab chiqarish faoliyatini muvofiqlashtirishi lozim.
Korxona tovar bozorining sotish hajmi pasayishi mumkinligini belgilab 
beruvchi noqulay kon‘yunkturada, shuningdek, korxona iqtisodiy faoliyatining ilk 
bosqichlarida zararsizlik nuqtasi bartaraf etilmaganda, doimiy xarajatlarni 
pasaytirish uchun chora-tadbirlar ko‗riladi. Shuningdek, tovar bozorining qulay 
kon‘yunkturasida va chidamlilikni ma‘lum marjinal zaxirasi mavjudligida doimiy 
xarajatlarni iqtisod qilishni amalga oshirishga bo‗lgan talablar ancha pasayishi 
mumkin. Bunday sharoitlarda korxona asosiy ishlab chiqarish vositalarini qayta 
jihozlashi va yangilashi, real investitsiyalar hajmini ancha kengaytirishi lozim. 
Zarurat tug‗ilganda har bir korxona doimiy xarajatlar summasi va hajmini 
pasaytirish uchun yetarli darajada resurslarga ega bo‗lishi zarur. Ushbu resurslar 
tarkibiga tovar bozorining noqulay kon‘yunkturasida ustama xarajatlar (boshqarish 
xarajatlari)ni imkon darajada qisqartirish, amortizatsiya ajratmalarini kamaytirish 
maqsadida nomoddiy aktivlar va asbob-uskunalarni foydalanilmayotgan qismini 
sotish, asosiy vositalarni sotib olmasdan ularni operativ lizing shartnomasi asosida 


190 
olish, kommunal xizmatlar hajmini qisqartirish va h.k.lar kiradi.
O‗zgaruvchan xarajatlarni tejashning asosiy zaxiralari qatoriga quyidagilar 
kiritiladi: xodimlar mehnat unumdorligini oshirish hisobiga asosiy va yordamchi 
ishlab chiqarish xodimlari sonini kamaytirish, tovar bozorining noqulay 
kon‘yunkturasi sharoitida xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar zaxiralari 
hajmini qisqartirish, xomashyo va materiallarni yetkazib berishning korxona uchun 
qulay sharoitlarni yaratish va bosho‗. 
Ishlab chiqarish dastagi mexanizmidan foydalanish doimiy va o‗zgaruvchan 
xarajatlarni aniq maqsadga yo‗naltirish va boshqarish, beqaror bozor sharoitida 
ular o‗rtasidagi o‗zaro nisbatni tezkor o‗zgartirib borish hamda korxona foydasini 
oshirishga imkon beradi.
Shunday qilib, CVP - tahlili korxona rahbarlariga o‗zgaruvchan va doimiy 
xarajatlar, baho va mahsulot sotish hajmi o‗rtasidagi bog‗liqlikni aniqlashga, 
ishbilarmonlik riskini pasaytirish imkonini yaratadi. Uni universal formulasini 
qo‗llash orqali o‗tkaziladigan tahlil sifatini oshirishga erishiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling