O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet117/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

Investitsiya loyihasi aniq, puxta o‗ylangan g‗oyaga, maqsadga ega bo‗lgan 
(shu jumladan kapital qurilish ham), uni amalga oshirish uchun investitsiya 
qo‗yilishini talab qiladigan xarajat dasturidir.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ikkita sharti mavjud: loyihaga 
ma‘lum miqdorda mablag‗lar sarflash zaruriyati, mablag‗larni sarflash va qoplash 
(foyda olish) o‗rtasida muayyan vaqt mavjudligi.
Investitsiya loyihalarini yaratish va uni amalga oshirish quyidagi 
bosqichlarni o‗z ichiga oladi:

investitsiya g‗oyalarining shakllanishi ya‘ni g‗oyani tanlash va dastlabki 
asoslash, ekologik nuqtai-nazardan bir qarorga kelish, uni amalga oshirish 
davomida qo‗yiladigan talablarga javob berish; 

investitsiya imkoniyatlarini izlash ya‘ni ishlab chiqariladigan mahsulotga 
yoki xizmat turiga bo‗ladigan talabni o‗rganish loyiha ishtirokchilari tarkibi 
bo‗yicha takliflar, loyihaning qiymati va uning samarasini aniqlash; 

loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi; 

shartnomaga oid hujjatlarni tayyorlash; 

tender savdolariga tayyorgarlik; 

salohiyatli investorlar bilan muloqotlar; 

loyiha hujjatlarini tayyorlash; 


192 

nostandart texnologik jihozlarni tayyorlovchi va yetkazib beruvchilarni 
aniqlash; 

qurilish-montaj ishlari; 

ob‘ektni ishlab chiqarishda tajribadan o‗tkazish, iqtisodiy ko‗rsatkichlar 
monitoringi va ob‘ektni loyiha quvvatiga yetkazish. 
Investitsiya loyihalarni amaliyotga tadbiq qilish jarayoni ikkita bosqichga 
ajratiladi: 
Loyihani ishlab chiqish loyiha maqsadlariga erishish uchun amalga 
oshiriladigan boshlang‗ich jarayon bo‗lib, u dastlabki hisob-kitoblarni bajarish
qulay variantlarni tanlash, loyiha qarorlarini iqtisodiy jihatdan asoslashdir.
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda asosiy vazifa - loyihani amalga 
oshirish haqida qaror qabul qilish va bu loyihaga investitsiya ajratish maqsadida 
har taraflama texnik-iqtisodiy asosnoma tayyorlashdir. Agar loyiha tijorat 
xususiyatiga ega bo‗lsa, texnik-iqtisodiy asosnomaga qo‗shimcha ravishda 
loyihaning biznes-rejasi ham ishlab chiqilishi lozim.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling