194
xarajatlari hajmi kamayib boradi. Investitsiya loyihasi keltiradigan daromad hajmi
esa ortadi, chunki u asta-sekin o‗z samarasini bera boshlaydi.
Bu holat ishlab
chiqarish xarajatlarini kamaytirib, sotish hajmining ko‗paytirishga imkon beradi.
Loyihaning bu tariqa rivoji uning
foydalanish deb ataluvchi uchinchi
fazasida davom etadi. Uchinchi fazada ishlab chiqarish
hajmini saqlab turish va
ko‗paytirish uchun asosiy vositalarning eskirishi orqali jamg‗arilgan manbadan
ham foydalaniladi. Unda mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromadni
investitsiya xarajatlaridan oshishi kuzatiladi.
Natijada t
1
vaqtda daromadning
umumiy summasi loyihaga qo‗yilgan kapital qo‗yilma qiymatiga teng bo‗ladi va
loyihani qoplash nuqtasiga yetadi.
Loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida uni moliyaviy
jihatdan baholanadi. Buning uchun
loyihani qoplash darajasi, investitsiyalar
samaradorligi kabi iqtisodiy ko‗rsatkichlar tahlil qilinadi.
Korxonalar faoliyatida investitsiya manbalarining yetishmasligi doimo
ulardan oqilona foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Agar investitsiya
loyihasini amalga oshirish uchun investitsiya hajmi yetarli bo‗lsa, korxona
sarflangan investitsiyadan, investitsiya zaxirasining
har bir birligidan ehtimoli
kutilgan eng ko‗p iqtisodiy samara olishga harakat qilinadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarining paydo bo‗lishi, turli xil mulk shakllarining
rivojlanishi, iqtisodiyotda davlat mulki hissasining kamayishi,
ichki va tashqi
investorlarning faollashuvi rentabellikni aniqlashga yangicha yondashuv -
investitsiyalar (yoki ularning alohida elementlari: kapital qo‗yilma, kapital)
samaradorligini hisoblashni talab qilmoqda.
Sarflangan kapitaldan olinadigan
mutlaq iqtisodiy samara (E) sarflangan
kapital hisobiga olingan daromad (D) va investitsiya qo‗yilmalarining hajmi (I
x
)
o‗rtasidagi bog‗liqlikni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: