268
Asosiy tayanch so‗z va iboralar
«AVS» hisob tizimi («Activity-Based Costing») - mahsulot (ish va
xizmat)lar tannarxini javobgarlik markazlari bo‗yicha doimiy va o‗zgaruvchan
xarajatlarga bo‗lib hisobga olish, ammo asosiy e‘tiborni faoliyat turlari va
funksional xizmatlarga qaratishga mo‗ljallangan hisob tizimi.
Boshqaruv hisobi - korxona bo‗linmalari faoliyatlari
yuzasidan taktik
va strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborotlarni taqdim
etuvchi,
budjetlashtirish, investitsiya loyihalarini tahlil qilish, xarajatlar hisobi
va tannarx kalkulyatsiyasi, javobgarlik markazlari bo‗yicha segmentar hisobot
tuzish, transfert baholarni shakllantirish kabi masalalarni qamrab olgan
kompleks fan turi.
Boshqaruv hisobining strategik vazifalari - budjetlashtirish, uzoq
muddatli kapital qo‗yilmalarni jalb qilish, biznes tarkibini o‗zgartirish,
mahsulotlarning
yangi
turlarini
o‗zlashtirish kabi uzoq muddatga
mo‗ljallangan vazifalar.
Do'stlaringiz bilan baham: