O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Boshqaruv segmentar hisobotining shakllari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet163/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

Boshqaruv segmentar hisobotining shakllari
 - 
materiallar va butlovchi 
qismlar zahiralari to‗g‗risida, tugallanmagan ishlab chiqarish bo‗yicha, ishlab 
chiqarilgan mahsulot (ish, xizmatlar) to‗g‗risida, xarid qilingan qiymatliklar 
to‗g‗risida, tayyor mahsulot zahiralari to‗g‗risida, sotishlar to‗g‗risida, pul 
mablag‗lari harakati to‗g‗risida hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari 
to‗g‗risidagi segmentar hisobot shakllari.
Boshqaruv hisobining huquqiy asoslari - xo‗jalik yurituvchi 
sub‘ektlarda boshqaruv hisobini tashkil tartibi, usullari va elementlarini 
belgilab beruvchi qonuniy-me‘yoriy hujjatlar to‗plami. 
Bevosita xarajatlar - mahsulotlarni ishlab
chiqarish bilan to‗g‗ridan-
to‗g‗ri bog‗liq bo‗lgan xomashyo va materiallar, mehnatga haq to‗lash, ishlab 
chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositalar amortizatsiyasi xarajatlari.
Bilvosita xarajatlar - ma‘muriy-boshqaruv xarajatlari, boshqaruv 
asbob-uskunalarini saqlash va foydalanish xarajatlari kabi mahsulotlar ishlab 
chiqarish bilan bog‗liq bo‗lmagan xarajatlar.
Buyurtmali usul - qabul qilingan buyurtmalarga sarflangan xarajatlarni 
umumlashtiruvchi, murakkab, alohida va tajriba ishlarini bajarishda 
qo‗llaniladigan tannarx hisoblash usuli. 
Budjetlashtirish 

korxonaning 
ma‘lum davrga mo‗ljallangan 
moliyaviy-xo‗jalik faoliyatini rejalashtirish.
Biznes segmenti - korxonaning muayyan qismini yoki nisbatan mustaqil 
bo‗linmasini ma‘lum vakolatlar va mas‘uliyat berish maqsadida ajratish. 
Biznes tarkibini o‗zgartirish bo‗yicha qarorlar - korxonaning 
tanlagan rivojlanish strategiyasiga muvofiq uning tashkiliy tuzilmasini 
mukammallashtirish, ishlab chiqarishni markazlashmagan holda boshqarish 
imkonini beruvchi boshqaruv qarorlari.
Geografik segment - muayyan iqtisodiy muhitda tovarlar va xizmatlar 
ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi, risk va foyda kabi iqtisodiy shart-sharoitlar 
ta‘sirida, ma‘lum makonda harakat qiluvchi ajratib qo‗yilgan komponent. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling