Ishlab chiqarish dasturi - mahsulot ishlab chiqarish va sotishning yillik
hajmi, nomenklaturasi, tovarlar va xizmatlar bozori talablari asosida sifat va
muddatni tavsiflovchi kompleks reja.
Ishlab chiqarish dastagi (leverage, so‗zma-so‗z tarjimada richag,
dastak) - korxona foydasini samarali boshqarishning doimiy va o‗zgaruvchan
xarajatlarni o‗zaro mutanosibligiga asoslangan mexanizmi.
Ishlab chiqarish dastagi hajmiga ta‘sir etuvchi omillar -
o‗zgaruvchan va doimiy xarajatlar summasi, sotish bahosi va hajmi,
yuqoridagi omillar kombinatsiyasi.
Ishlab chiqarish (real) investitsiyasi - korxona faoliyatining muayyan
sohasi va turiga, real kapital o‗sishiga ya‘ni ishlab chiqarish vositalari,
aylanma
mablag‗lar qiymatini o‗sishiga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik
ishlanmalarini
rivojlantirishga
asosiy
omil
bo‗luvchi
xarajatlardir.
Investitsiyalar markazi - bo‗linma rahbari nafaqat daromad va
xarajatlarga, balki kapital quyilmalarga ajratilgan mablag‗larning oqilona
sarflanishiga ham javob beradigan markaz turi.
Investitsiya budjeti - korxonaning budjet davridagi kapital xarajatlari
va uzoq muddatli moliyaviy qo‗yilmalari rejasi.
Investitsiya faoliyati - korxona tomonidan investitsiya resurslarini (pul
mablag‗lari, qimmatli qog‗ozlar, aqliy salohiyat, kredit, yer va boshqa
ko‗chmas mulk ob‘ektlari kabi) iqtisodiyot sohalariga daromad (foyda) olishni
yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida joylashtirish.
Investitsiya loyihasi - aniq, puxta o‗ylangan g‗oyaga, maqsadga ega
bo‗lgan (shu jumladan kapital qurilish ham), uni amalga oshirish uchun
investitsiya o‗o‗yilishini talab qiladigan xarajat dasturi.
271
Do'stlaringiz bilan baham: |