O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet166/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

Kalkulyatsiya birligi - kalkulyatsiya ob‘ekti o‗lchovi.
Mahsulotlar tannarxi - mahsulotlar ishlab chiqarishga sarflangan 
bevosita xarajatlarning yig‗indisi.
Moliyaviy budjet - sotish hajmi va tannarxi, daromad va xarajatlarning 
nisbati, sof foyda, o‗z mablag‗laridan samarali foydalanish, investitsiya 
o‗o‗yilmalarining qoplanish muddati kabi ko‗rsatkichlar to‗g‗risidagi 
axborotlarni umumlashtiruvchi budjet shakli.
Moliyaviy (portfelli) investitsiyalar - qimmatli qog‗ozlar va boshqa 
moliyaviy qo‗yilmalarga sarflangan xarajatlar. 
Marjinal daromad - korxonada mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan 
tushgan tushum va ularni ishlab chiqarish tannarxi summasi o‗rtasidagi farq.
Marjinal daromadning o‗rtacha hajmi - mahsulot (ish, xizmat)lar 
bahosi bilan o‗rtacha o‗zgaruvchan xarajatlar o‗rtasidagi farq.
Marjinal daromad koeffitsiyenti - mahsulot sotishdan tushgan 
tushumdagi marjinal daromadning ulushi.
Ostonaviy tushum - zararsizlik nuqtasiga mos keluvchi tushum 
summasi.
Operatsion budjet - tovar-moddiy zahiralari, asosiy vositalarni sotib 
olish, tayyor mahsulotlar zahiralari va davr xarajatlari to‗g‗risidagi axborotlar 
hamda moliyaviy mablag‗larning taxminiy manbalarini ifodalovchi budjet turi. 
Relevantli daromad va xarajatlar - kelajakda yuzaga kelishi 
kutilayotgan, boshqaruv qarorlari ta‘sirida o‗zgaruvchi daromad va xarajatlar.
Strategik (uzoq muddatli) rejalashtirish - korxonada 5-10 yil 
muddatga mo‗ljallangan istiqbolli rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
Statik budjet - daromadlar va xarajatlarni sotishlar darajasidan kelib 
chiqqan holda rejalashtirish. 
Sotish markazi - bo‗linma rahbari mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan 
tushadigan tushumga javob beradigan markaz turi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling