272
«SCA» tizimi (Strategic Cost Analysis) - xarajatlarni strategik tahlil
qilish tizimi bo‗lib, uning asosiy tarkibiy qismi va markaziy ob‘ekti iste‘mol
qiymatini shakllantirish zanjiri hisoblanadi.
Takroran rejalashtirish - korxona rahbariyati bilan bo‗linmalar va
funksional xizmatlar o‗rtasidagi uzviy aloqadorlikni o‗rnatish.
Tezkor rejalar - korxona asosiy maqsadini amalga oshirish bilan
bog‗liq bo‗lgan taktik rejalar (ishlab chiqarish rejasi, umumishlab chiqarish
xarajatlari rejasi, moddiy texnika ta‘minoti rejasi kabilar).
Transfert baho - korxona tarkibidagi bir javobgarlik markazidan boshqa
javobgarlik markaziga o‗tkaziladigan mahsulot (materiallar,
yarim tayyor
mahsulotlar, tayyor mahsulotlar) yoki xizmatlar bahosini aniqlash uchun
foydalaniladigan baho.
Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan xarajatlar yondashuvi -
transfert bahoni mahsulot ishlab chiqarish va sotishga
sarflangan xarajatlar
asosida shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: