74
•
Mehnat sarflari
• Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi
IUXni taqsimlash stavkasi
hH=
Ustama sarflar
Bazaning qiymati
2) Ustama xarajatlarni taqsimlashning yagona (umumzavod) va alohida (tsex)
stavkalari
12
IUXni taqsimlashning yagona stavkasidan
umuman korxona uchun
foydalaniladi. Masalan, ma‘lum davrda ustama sarflar 100 000 sh.b.ni
tashkil
qilgan, 50 000 soat ish qilingan bo‘lsa, u holda ustama sarflarni taqsimlash stavkasi
100000 sh.b./ 50 000 mehnat soati = 2 sh.b. mehnat soatni tashkil qiladi. Ustama
sarflar shu stavka bo‘yicha mahsulotga tegishlidir. Masalan, mahsulotni tayyorlash
18 soat asosiy mehnatni talab qiladi, bunda ustama xarajatlarning 36 sh.b. (18 soat
x 2sh.b./mehnat-soat) mahsulotga tegishli bo‘ladi.
Agar ishlab chiqarish bir necha bo‘linmada amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda
IUXni taqsimlashning alohida stavkalaridan foydalanish
maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Ko‘rsatkichlar
A Bo‘linma
B bo‘linma
V bo‘linma
Jami
Ustama xarajatlar, sh.b.
10000
60000
30000
100000
Mehnat - soati
25000
15000
10000
50000
IUX stavkasi mehnat-soatga
0,4
4
3
2
Masalan, mahsulot ishlab chiqarish uchun asosiy bo‘linmada 10 soat , B
bo‘linmasida 5 soat va V bo‘linmasida 3 soat asosiy mehnat talab qilindi. Bu holda
ustama xarajatlarning 33 sh.b. miqdori mahsulotga o‘tkaziladi (10 soat x 0,4
sh.b./mehnat-soati + 5 soat x 4 sh.b./mehnat-soati + 3 soat. x 3 sh.b./mehnat-soati )
Do'stlaringiz bilan baham: