75
oldin hisoblab bo‘lmaydi;
•
ustama xarajatlar ham, ishlab chiqarish faoliyati ham oy sayin o‘zgaradi
va ustama xarajatlarni taqsimlash stavkalarining ko‘p darajada o‘zgarishiga olib
keladi.
Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlashning reja stavkasini hisoblash
quyidagi harakatlarni o‘z ichiga oladi
13
:
1. Ustama xarajatlar prognoz miqdorini hisoblash
2. Ustama xarajatlarni taqsimlash bazasini tanlash
3. Kelgusi davr uchun prognoz qilingan ustama xarajatlar miqdorini
bazaning prognoz miqdoriga ajratish
4. Ushbu
stavkadan foydalanib, ustama xarajatlarni mahsulotning har bir
turiga o‘tkazish.
Reja stavkasini hisoblash uchun foydalaniladigan prognoz ma‘lumotlari
amalda haqiqiy ma‘lumotlarga mos kelmaydi. Bunday holatda mahsulot tannarxiga
o‘tkazilgan ustama xarajatlar haqiqatda qilingan ustama
xarajatlar summasidan
farq qiladi, bu esa
ustama xarajatlarning to‘la taqsimlanmasligiga olib keladi
yoki
ustama xarajatlarning ortiqcha taqsimlanishiga sabab bo’ladi:
To‘la taqsimlanmagan ustama xarajatlarni
yoki ortiqchasi bilan
taqsimlangan ustama xarajatlarni ikki usul bilan hisobdan chiqarish mumkin:
1. Tuzatish kiritilgan (korrektirovka) summasi "Realizatsiya qilingan
mahsulot tannarxi" schetiga o‘tkazish orqali.
2. Tuzatish kiritilgan (korrektirovka) summani uchta "Tugallanmagan ishlab
chiqarish", "Tayyor mahsulot" va "Sotilgan mahsulot tannarxi" schetlari qoldig‘iga
mutanosib taqsimlash orqali.
Do'stlaringiz bilan baham: