O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet93/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

Byudjet (smeta) — bu ma‘lum davrga qadar tayyorlangan va qabul qilingan, 
odatda erishish lozim bo‘lgan daromadning yoki shu davr ichida qilinishi lozim 
bo‘lgan sarf-xarajatlarning hamda ushbu maqsadga erishish uchun jalb etish zarur 
bo‘lgan kapitalning rejalashtirilgan miqdorini pul bilan ifodalangan miqdoriy 
rejasidir.
Tafsillashtirilgan byudjetlar ko‘pincha kelgusi cheklangan davrga, odatda 
uzog‘i bilan bir yilga tuzilib, ancha qisqa davrlarga: uch oy, bir oy yoki to‘rt 
xaftalik davrlarga bo‘linadi. Qisqa boshqaruvni nazorat qilish maqsadida qisqa 
muddatli davrga reja tuziladi. Nazorat davri oxirida joriy faoliyatni tahlil qilish va 
baholash uchun haqiqiy ma‘lumotlar byudjetdagi ma‘lumotlarga solishtiriladi. Shu 
munosabat bilan turli oylardagi kunlar sonidagi tafovut bo‘lmasligi uchun bir oylik 
davrni emas, balki to‘rt haftalik davrni qiyoslash afzaldir. Kunlar miqdoridagi farq 
qiyoslash chog‘ida ma‘lum qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. 
Amalda yillik byudjet ko‘p hollarda yilning choraklari bo‘yicha ishlab 
chiqiladi va faqat birinchi chorak oylar bo‘yicha tafsillashtiriladi. Byudjetlar yil 
davomida vaziyatni hisobga olib o‘zgartirilishi mumkin. Uzluksiz yoki davomli 
byudjetlar keng qo‘llaniladi. Ularning mohiyati shundaki, oy yoki yil choragi 
tugallangan sari byudjetga navbatdagi tafsillashtirilgan byudjet qo‘shiladi va shu 
tariqa uzluksiz ichki yillik rejalash ta‘minlanadi. Umuman, byudjetni ishlab 
chiqishning davriyligi rejalashtiriladigan ma‘lumotlar hajmiga va muayyan 
korxonaning ehtiyojiga qarab belgilanadi. 


154 
Yangi mahsulot ishlab chiqarish, yangi texnika va yangi texnologiyani joriy 
etish kabi muhim o‘zgarishlar bo‘lgan qo‘shimcha kapital sarflashni talab 
qiladigan hollarda byudjetlar besh yilga va undan ko‘proq davrga tuziladi. Tobora 
ko‘payib boradigan miqdordan byudjetda uzoq muddatli rejalashtirish vositasi 
sifatida foydalaniladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling