O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet101/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

Byudjetning bajarilishi. Byudjetning bajarilishi uchun butun ma‘suliyat 
byudjet tuzish bo‘yicha direktorning zimmasiga tushadi. Bu jarayonning 
muvaffaqiyatini ikki muhim jihat belgilaydi. Birinchidan, kompaniyaning barcha 
ma‘sul shaxslari nimalar kutilayotganini va maqsadlarni aniq va to‘g‘ri 
tushunishlari zarur. Kompaniyaning faoliyatiga jalb etilgan barcha shaxslar ulardan 
nimani kutishayotganini bilishlari va o‘z maqsadlariga qanday erishish to‘g‘risida 
ko‘rsatma olishlari lozim. Ikkinchidan, yuqori rahbariyat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash va uni rag‘batlantirish tizimi ham juda muhimdir. Byudjet tuzish 
jarayoni qanchalik murakkab bo‘lmasin, o‘rta va quyi darajadagi rahbarlar oliy 
rahbariyat qoldiq natijalardan haqiqatan manfaatdorligiga byudjetning 
rejalashtirilgan 
maqsadlari 
bajarilishini 
rag‘batlantirishiga ishonch hosil 
qilsalargina bu jarayon muvaffaqiyatli bo‘ladi. 
Byudjetning ijrosini baholash haqiqatda erishilgan natijalar byudjetda 


163 
rejalashtirilganidan chetga chiqqanligini tahlil qilishga asoslanadi. Chetga 
chiqishni (og‘ishni) belgilash va ularning vujudga kelishining sabablarini aniqlash 
masalalari me‘yoriy xarajatlarni hisobga olish va og‘ishlarni (chetga chiqishni) 
tahlil qilish tizimiga bag‘ishlangan navbatdagi bobda batafsil ko‘rib chiqiladi. 
Pul mablag‘lari byudjeti. Pul mablag‘larining xarakatlari korxona 
operatsiya tsiklining eng muhim jihatlaridan biridir. Umumiy byudjetni tayyorlash 
doirasida pul mablag‘lari byudjeti barcha davriy byudjetlar, kapital sarflar byudjeti, 
foyda va zararlar to‘g‘risidagi farazli hisobot tugallangandan keyingina ishlab 
chiqiladi. 
Pul mablag‘lari byudjeti (yoki pul oqimlari farazi) kelgusi davrdagi pul 
mablag‘lari tushumi va to‘lovlar rejasidan iborat. Unda umumiy byudjetning 
barcha fazalarida rejalashtirilgan operatsiyalar natijasida vujudga keladigan barcha 
pul mablag‘lari oqimini jamlaydi. Byudjet umuman byudjet davri oxirida pul 
mablag‘lari schetidagi kutilayotgan pirovard qoldiqni va yilning har bir oyi uchun 
moliyaviy ahvolni ko‘rsatadi va shuning uchun byudjet tuziladi. 
Shu tariqa pul mablag‘lari miqdori eng ko‘p va eng kam bo‘ladigan davrlar 
rejalashtirilishi mumkin. Pul mablag‘lari schetidagi katta qoldiq moliyaviy 
vositalardan mumkin bo‘lgan eng ko‘p samaradorlik bilan foydalanilmaganini 
bildiradi. Past daraja esa korxona joriy majburiyatlarini to‘lashga qodir emasligini 
ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli pul mablag‘larini puxta rejalash zarur. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling