158
tuziladi (shakllanadi).
A. Sotuv byudjeti. Sotuv hajmining farazi byudjetni tayyorlash butun
jarayonining boshlang‘ich va eng nozik paytidir. Sotuv
rejasi yuqori rahbariyat
tomonidan marketing bo‘limini tadqiq qilish asosida aniqlanadi. Ko‘p hollarda
sotuv hajmi mavjud ishlab chiqarish quvvatlari bilan cheklanadi.
Sotuv hajmi
byudjeti va uning tovar tuzilishi kompaniyaning butun faoliyati darajasini va
xarakterini belgilash bilan birga boshqa byudjetlarning ko‘piga ta‘sir qiladi, chunki
boshqa byudjetlar sotuv byudjetida belgilangan axborotga asoslanadi. Sotuv xajmi
bahosini aniqlash va uning hajmiga ta‘sir qiluvchi omillar bilan bog‘liq
muammolar keyinroq batafsil ko‘rib chiqiladi.
B. Tijorat sarflari byudjeti. Bu byudjetda
kelgusi davrda xizmat va
mahsulotni sotish bilan bog‘liq barcha taxminiy sarflar tafsillashtiriladi. Komission
haq va transport xarajatlari kabi ba‘zi sarflar o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin,
reklama xarajatlari va katta nazoratchilarning ish haqi kabi ayrim sarflari doimiy
sarflardir. Tijorat sarflari byudjetini tuzish va so‘ngra
uning ijrosi uchun sotuv
bo‘limi ma‘suldir.
Do'stlaringiz bilan baham: