O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich
J. Umumiy va ma‘muriy sarflar byudjeti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06
- Bu sahifa navigatsiya:
- Z. Foyda va zararlar to‘g‘risida faraziy (prognozniy) hisobot.
- Moliyaviy byudjet.
- Kapital sarflar byudjeti.
J. Umumiy va ma‘muriy sarflar byudjeti. Bu ishlab chiqarish va sotish
bilan bevosita bog‘liq sarflardan farq qiladigan, kelgusi davrda umuman korxona bo‘yicha faoliyatni davom ettirish uchun zarur bo‘ladigan joriy operatsiya sarflarining batafsil rejasidir. Bu axborot rejalashtirilayotgan davrda korxona faoliyatining moliyaviy natijasini aniqlash uchun ham zarur bo‘ladi. Bu byudjet elementlarining ko‘pchiligi doimiy xarajatlarni tashkil etadi. Z. Foyda va zararlar to‘g‘risida faraziy (prognozniy) hisobot. Byudjet tuzish bo‘yicha bosh menejer yoki direktor tayyorlangan davriy byudjetlar asosida materiallardan foydalanish, mehnat sarfi va umumiy ishlab chiqarish sarflari byudjetlaridagi ma‘lumotlardan foydalanib, sotilgan mahsulot tannarxi farazini 160 ishlab chiqa boshlashi mumkin. Daromadlar to‘g‘risidagi axborot sotuv byudjetidan olinadi. Kutilayotgan daromadlar va sotilgan mahsulot tannarxi to‘g‘risidagi ma‘lumotlardan foydalanib va tijorat xarajatlari hamda umumiy va ma‘muriy sarflar byudjetlaridagi axborotlarni qo‘shib, foyda va zararlar to‘g‘risida taxminiy hisobotni tayyorlash mumkin. Ta‘kidlash lozimki, ayni shu hisobotni tuzish operativ byudjetni tayyorlash chog‘idagi so‘nggi qadamdir. Moliyaviy byudjet. Moliyaviy byudjet — bu moliyaviy mablag‘larning faraz qilingan manbalari va kelgusi davrda ulardan foydalanish yo‘nalishlari aks etadigan rejadir. Moliyaviy byudjetga kapital xarajatlar byudjeti , kompaniyaning pul mablag‘lari byudjeti, ularga asoslanib tayyorlangan foyda va zararlar to‘g‘risida byudjet hisoboti, buxgalteriya byudjet balansi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot kiradi. Umumiy byudjetni tashkil qiluvchi asosiy qismlar 12.1 rasmda keltirilgan. Kapital sarflar byudjeti. Kapital yotqizishga ehtiyojlarni aniqlash va ular uchun investitsiya resurslarini olish butun boshqaruv hisobining kompleks vazifasidir. Qanday uzoq muddatli aktivlarni sotib olishni hal qilish yoki investitsiyalar rentabelligini aniqlash bilan bog‘liq shunday qaror qabul qilish uchun tanlangan mezon asosida byudjet tuzish muammosi paydo bo‘ladi. Uzoq muddatli kapital yotqizish xususidagi axborot xarid qilishga yoki qurishga sarflar masalasiga hamda kredit uchun foiz to‘lashga, foyda va zararlar to‘g‘risidagi faraziy hisobotga daxl qilib, asosiy vositalar schetidagi qoldiqni va boshqa uzoq muddatli aktivlarni o‘zgartirib, pul mablag‘lari byudjetiga ta‘sir qiladi. Demak, kapital sarflar bo‘yicha barcha qarorlar rejalashtirilishi va umumiy byudjetga qo‘shilishi lozim. Barcha joriy byudjetlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Sotuv hajmining farazi byudjet tuzishda dastlabki qadam bo‘ladi. Shundan so‘ng tijorat sarflari byudjeti tayyorlanishi mumkin. Ishlab chiqarish byudjeti asosida esa to‘g‘ri materiallarni xarid qilish va ulardan foydalanish byudjeti, mehnat byudjeti va ishlab chiqarish umumiy sarflari byudjeti ishlab chiqiladi. Ko‘p hollarda umumiy 161 va ma‘muriy sarflar rejalari, kapital yotqizish rejasi boshqaruvning yuqori darajalarida qabul qilinadi. Biroq bunday axborotning ko‘p qismi firma bo‘linmalari darajasida ishlab chiqilishi va davriy byudjetlarga kiritilishi mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling