164
kuchiga qanday xarajatlar ko‘zda tutilganini, qanday tovarlar va
xizmatlarni sotib
olish zarurligini, shuningdek ularga darhol haq to‘lanishi yoki to‘lovni kechiktirish
mumkinligini bilishi kerak. Shu munosabat bilan kompaniyaning to‘lovlar
siyosatini va to‘lash muhlatlarini bilish juda muhimdir.
Doimiy joriy sarflardan tashqari pul mablag‘laridan uskunalarni va boshqa
aktivlarni
sotib olishga, qarzlarni qaytarishga va boshqa uzoq muddatli
majburiyatlarni to‘lashga sarflanishi mumkin. Bu
axborotlarning hammasi pul
mablag‘larining to‘g‘ri byudjetini tuzish uchun to‘plash zarur bo‘ladi.
Byudjet mablag‘lari byudjeti ikki maqsadni ko‘zlaydi. Birinchidan, u
byudjet davri oxirida pul mablag‘lari schetida pirovard qoldiqni ko‘rsatadi. Bu
qoldiq miqdorini buxgalteriya farazli (istiqbolli) balansi tugallanishiga qadar bilish
zarur.
Ikkinchidan, byudjet davri ichida har oyning oxirida pul mablag‘lari
qoldig‘ini faraz qilib, moliyaviy resurslar ortiqcha
yoki etishmagan davrlarni
aniqlaydi.
12.3. Asosiy smetani tuzish jarayonlari
AVS kompaniyasi moy va yonilg‘i nasoslari ishlab chiqarmoqchi bo‘lyapti.
Quyidagi boshlang‘ich ma‘lumotlar mavjud:
Asosiy materiallar qiymati:
Latun
$ 1.20/kg
Alyuminiy
$ 2.60/kg
Asosiy ishchilar ish haqi stavkasi
$ 2.05/soat
Mahsulot birligiga materiallar va ishchi kuchiga ehtiyoj:
Do'stlaringiz bilan baham: