O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet104/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

12.1-jadval
Menejment atamasining mohiyati va mazmuniga mavjud yondoshuvlar 
 
Menejmentning mohiyati 
quyidagicha aniqlanadi 
Vazifa, faoliyat turi 
Fan va san‘at 
Boshqaruv organi yoki apparat 
Jarayon 
Insonlar kategoriyasi 
Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, menejmentning ko‗p yillik rivojlanishi 
boshqaruv faoliyatini ishlab chiqarish vazifasidan farq qiluvchi alohida vazifaga 
ajratadi.


172 
Boshqaruv vazifa sifatida u tomonidan boshqaruv vazifalari, deb nom olgan 
boshqaruv jarayonlarini amalga oshirishda namoyon bo‗ladi. Ular birinchi marta 
fransuz olimi A.Fayol tomonidan asoslangan edi. Bu vazifalar rejalashtirish, 
tashkil etish, farmoyish berish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish kabilardan 
iborat. Keyinchalik, boshqaruv jarayonlarini yanada mukammallashtirish hisobiga 
ko‗pgina ishlanmalarda bu vazifalar to‗ldirib borilgan. Jumladan, menejment 
vazifalariga motivlashtirish, kommunikatsiya, tadqiq etish, baholash, qarorlarni 
qabul qilish kabilar qo‗shildi.
Menejmentni vazifa sifatida ko‗rib chiqish boshqaruv faoliyatini hamma 
turlarining tarkibi va mazmuni, shuningdek, ularni zamon va makondagi o‗zaro 
aloqadorligini ishlab chiqishni talab etadi. 
Menejment mustaqil fan sifatida XIX asrning oxirida shakllana boshladi. 
Uning asosini ko‗p yillar davomida to‗planib borgan boshqaruv to‗g‗risidagi 
bilimlar tashkil etadi. Ular turli konsepsiyalar, nazariyalar, tamoyillar, boshqaruv 
uslublari va shakllarida o‗z aksini topgan. Menejmentning fan sifatidagi ta‘rifi 
asosida boshqaruv xususidagi bilimlarning shakllanganligi va muayyan tizimga 
keltirilganligiga alohida o‗rin beriladi. Bu esa birinchidan, korxonalarga joriy 
faoliyatni o‗z vaqtida samarali boshqarishga, ikkinchidan esa istiqbolni belgilash 
va unga mos korxonaning strategiyasi va taktikasini ishlab chiqishga imkon beradi. 
Shu bois, boshqaruv fani o‗zining nazariyasini ishlab chiqadi. Uning mazmunini 
esa boshqarish jarayonida insonlar faoliyatining qonun va qonuniyatlari, 
tamoyillari, vazifalari va uslublari tashkil etadi. 
Amaliyotda menejmentni san‘at sifatida tushunish keng tarqalgan. U xo‗jalik 
korxonalari murakkab tizim ekanligi va ularning faoliyatiga bir nechta tashqi va 
ichki muhit omillari ta‘sir etishiga asoslanadi. Bunday murakkab mexanizmni 
boshqarish yuqori sifat darajadagi kasbiy tayyorgarlikni talab etadi. Shuning uchun 
ham menejment san‘at sifatida talqin qilinadi va u tegishli konsepsiya, nazariya, 
tamoyillar, shakl va uslublarga tayanadi.
Bu kabi yondoshuvlar korxona menejerlariga nafaqat ilmiy bilimlarni doimo 
to‗ldirib, yangilab borish, balki shaxsiy sifatlarni takomillashtirib borish, o‗z 


173 
bilimlarini amaliyotda qo‗llash layoqatini mustahkamlashni talab qiluvchi fan va 
san‘atni bir jarayonga birlashtirishga imkon beradi.
Korxonalarda ishlovchi xodimlar o‗z kuch va imkoniyatlarini aniq 
maqsadlarga erishishga yo‗naltirishlari uchun menejerlar ular bilan doimo 
aloqadorlikda bo‗lishlari va samarali faoliyat ko‗rsatishlari uchun sharoit yaratib 
berishlari zarur. 
Menejment shuningdek, integratsion jarayon sifatida ham talqin qilinadi. 
Uning asosida yuqori kasbiy malakaxga ega mutaxassislar korxona faoliyatini 
tashkil etadi va maqsadlarni aniqlash, ularga erishish uslublarini ishlab chiqish 
yo‗li bilan korxonani boshqaradilar.
Ta‘kidlanganidek, menejment jarayoni rejalashtirish, tashkillashtirish, 
muvofiqlashtirish, motivatsiya va nazorat qilish kabi vazifalarni bajarishni nazarda 
tutadi. Ular yordamida menejer korxonada ishlovchi xodimlarning samarali 
faoliyat ko‗rsatishi uchun sharoit yaratadi. 
Shu munosabat bilan boshqaruv jarayonini menejment sohasida yuqori 
kasbiy tayyorgarlikka ega mutaxassislar amalga oshiradi. Ular korxona faoliyatini 
yuritadilar, maqsadlarni belgilaydilar, unga erishish usullarini ishlab chiqib amalda 
qo‗llaydilar. Bu san‘atga ma‘lum bir insonlar kategoriyasi – menejerlar ega 
bo‗lishlari lozim. Ularning vazifasi xodimlarni oqilona boshqarish natijasida 
korxonani samarali faoliyat yuritishini ta‘minlashdan iborat. 
Ko‗p hollarda menejment organ yoki boshqaruv apparati bilan 
tenglashtiriladi. Menejment-tijorat va notijorat korxonalarning o‗ziga xos 
organidir. Korxona bu organlarsiz bir butun tizim sifatida faoliyat ko‗rsata 
olmaydi. Shuning uchun boshqaruv apparati har qanday korxonani tarkibiy qismi 
hisoblanib menejment faoliyatiga tenglashtirildi. Unda band bo‗lgan xodimlarning 
bosh vazifasi pirovard maqsadga erishish uchun korxona ixtiyoridagi barcha 
resurslardan samarali foydalanishni ta‘minlashdan iboratdir. 
Shunday qilib ―menejment‖ atamasi boshqaruv xususidagi adabiyotlarda 
juda keng talqin etiladi. Binobarin, uning har qanday ta‘rifi to‗liq emas. Masalan, 
menejment har xil tamoyillar, vazifalar va menejmentning sotsial-iqtisodiy 


174 
uslublaridan foydalanish asosida bozor iqtisodiyoti sharoitida harakat qiluvchi 
korxonalarning optimal xo‗jalik natijalariga erishishga qaratilgan kasbiy 
faoliyatining o‗ziga xos turi. Bu ta‘rifda urg‗u menejment kasbiy faoliyat turi 
ekanligiga berilmoqda.
Menejment alohida insonlar va jamoalarga tizimiy ta‘sir etishni ta‘minlaydi. 
Bundan maqsad, kelishilgan holda birgalikda faoliyat ko‗rsatib, ko‗zlangan 
maqsadga erishishdan iborat. Shuningdek, menejment harakatlarni tanlash, ularni 
kombinatsiyalash, ketma-ketligini belgilash, pirovard natijalarni baholashni 
nazarda tutadi.
Hozirgi zamon menejmentining quyidagi o‗ziga xos xususiyatlari mavjud:

ishlab chiqarish va biznes samaradorligini oshirishga intilish hamda 
korxona tomonidan rejalashtirilgan pirovard natijaga erishishga yo‗naltirilganlik; 

tashqi muhitdagi o‗zgarishlarga bog‗liq holda belgilangan maqsadlar 
va dasturlarga doimo ravishda tuzatish kiritib borish; 

rejalashtirish jarayonini joriydan istiqbolga qarab o‗zgartirish; 

boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko‗p variantli hisoblarni amalga 
oshirish uchun axborot texnologiyalaridan keng foydalanish; 

korxona faoliyatini samarali boshqarishga barcha xodimlarni jalb 
etish; 

boshqaruv jarayonida ro‗y berayotgan o‗zgarishlarni tahlil etish va 
tegishli moslashuvchan qarorlar asosida ish olib borish; 

korxona 
boshqaruvining 
barcha 
bo‗g‗inlarida 
innovatsion 
yondashuvdan keng foydalanish va h.k.lar. 
Korxonani samarali boshqarish xodimlarni qo‗yilgan maqsadga erishish 
uchun moddiy, iqtisodiy, huquqiy sharoitlardan foydalanib birgalikda harakat 
qilishlarini tashkil etadi. Xodimlar faoliyatining sharoitlari yaxlit holda 
korxonaning tashkiliy tuzilmasini tashkil etadi. Shu sababli, korxonani resurslar, 
ishlab chiqarish jarayoni va mahsulot kabi uch elementdan iborat tizim sifatida 
tasavvur qilish mumkin. Bunda boshqaruv qismi ob‘ektning holati to‗g‗risidagi va 


175 
boshqa axborotlardan foydalanib qarorlar qabul qilish orqali boshqaruv jarayonini 
amalga oshiradi (12.1-rasm). 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling