O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


-rasm. Korxonalarda boshqaruv qarorlari qabul qilishning asosiy


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet106/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

 
12.2-rasmKorxonalarda boshqaruv qarorlari qabul qilishning asosiy 
bosqichlari 
2-bosqich 
Amalga oshiriladigan 
muqobil chora-
tadbirlarni ishlab chiqish 
 
3-bosqich 
Har bir muqobil va-
riantlarning xo‘jalik 
muomalalariga ta’sirini tahlil 
qilish 
 
1-bosqich 
Muammoni aniqlash 
4-bosqich 
Qarorlar qabul 
qilish: yuqori 
samarali vari-antni 
tanlash
5-bosqich 
Qabul qilingan qa-
rorlar natijasini tahlil 
qilish (teskari aloqa) 
 
6-bosqich qo‘yilgan 
muammoni hal etish 


177 
Boshqaruv qarorlari qabul qilishning dastlabki bosqichida korxona 
bo‗linmalari amaliyotidagi muammolarni aniqlashga e‘tibor qaratiladi. Bu 
bosqichda korxona buxgalteri tomonidan mavjud muammoni hal etish yo‗nalishlari 
ishlab chiqiladi.
Muammolar yechimlarining muqobil variantlari aniqlangandan keyin 
buxgalter har bir muhokama qilinayotgan variantlarni xarajatlarni hisoblash, 
moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini tejash imkoniyati hamda xo‗jalik 
muomalalarining moliyaviy natijalarini aniqlashga ta‘sirini tahlil qiladi. 
Boshqaruv qarorlari qabul qilishning har bir bosqichida turli xil hisob 
axborotlaridan foydalaniladi. 
Boshqaruv hisobida oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilishda mavjud 
muammolar yechimiga ko‗p variantlilik tamoyili asosida yondashish talab qilinadi. 
Bunda muhokama qilinayotgan masalaning ikki yoki undan ortiq variantdagi 
yechimi mavjud bo‗lsa, ular orasida eng maqbulini tanlab olish boshqaruv 
hisobidagi muhim vazifalarda hisoblanadi. 
Tanlash jarayonida menejer uchun boshqaruv samaradorligini baholash 
muhim hisoblanadi.
Qo‗yilgan muammoni yechish uchun talab qilinadigan barcha axborotlar 
olingach, menejerlar qarorlar qabul qilishning samarali variantlarini tanlashlari 
mumkin.
Keyingi bosqichda korxona buxgalteri qabul qilingan qarorlar natijalarini
tahlil qiladi va o‗z xulosalarini rahbariyatga taqdim etadi. 
Agar mavjud muammolarning yechimlarini topish borasida boshqa choralar 
ko‗rish zarurati bo‗lmasa, boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni tugallangan 
hisoblanadi, aks holda barcha bosqichlar qaytadan amalga oshiriladi. 
 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling