O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06
Rag’batlantirish. Byudjet tuzish jarayoni ma‘suliyat markazlarining
rahbarlarini shu markazlarning maqsadlarini amalga oshirishga, demak umuman korxona maqsadini amalga oshirishga rag‘batlantirish uchun qudratli vositadir. Har bir rahbar o‘zlarining ma‘suliyat markazidan nimalarni kutishayotganini yaxshi bilishi lozim. Agar menejerlar o‘z bo‘linmalari byudjetini ishlab chiqishda faol ishtirok etsalar, byudjetning rag‘batlantiruvchi ahamiyati yanada ortadi. Bo‘linmalar va vazifalar bo‘yicha byudjetlarni ishlab chiqishda hamda kelgusi davr uchun asosiy umumiy byudjetni tayyorlashda boshqaruvning barcha darajalarining bevosita ishtirok etishi ijrochilar ishtirokida rejalashtirish deb ataladi. Nazorat. Byudjet uni shakllantirish paytida istakdagi natijalar to‘g‘risidagi hisobotdir. Puxta tayyorlangan byudjet eng yaxshi standart bo‘lib, haqiqatda erishilgan natijalar unga qiyoslanadi, chunki unda byudjetni ishlab chiqish chog‘ida faraz qilingan barcha o‘zgarishlar mujassamlashadi. Yaqin vaqtgacha joriy natijalarni o‘tgan davrning natijalari bilan yoki o‘tgan yilning shu davri natijalari bilan qiyoslash umumiy tajriba edi. Ayrim tashkilotlarda bunday tartib hozirga qadar taqqoslashning asosiy usulidir. Lekin bunday tarixiy standartlarning muhim kamchiligi bor, chunki ular bilan taqqoslaganda faoliyat yo‘nalishlaridagi va joriy yilga rejalashtirilgan dasturlardagi o‘zgarishlar hisobga olinmaydi. Haqiqiy natijalarni byudjetdagi ma‘lumotlarga taqqoslash boshqaruvchilarning e‘tiborini birinchi navbatda nimalarga qaratish zarurligini va zarur boshqaruv xarakatlarini ko‘rsatadi. Haqiqatda erishilgan natijalar va byudjetdagi ma‘lumotlarning o‘rtasidagi chetga chiqishlarni tahlil qilish: 1) Birinchi navbatda e‘tibor berishni talab qiladigan muammoli sohani aniqlashda yordam beradi; 2) byudjetni ishlab chiqish jarayonida ko‘zda tutilmagan yangi imkoniyatlarni aniqlash imkonini beradi; 157 3) dastlab tuzilgan byudjet ma‘lum darajada real emasligini ko‘rsatishi mumkin. Baho. Har oyda byudjetdan chetga chiqish (og‘ish)larni aniqlash butun yil davomida nazorat maqsadlariga xizmat qiladi. Bir yillik haqiqiy va byudjet ma‘lumotlarini qiyoslash har bir ma‘suliyat markazi va ularning rahbarlarining ishiga yil oxirida baho berishning asosiy omilidir. Ba‘zi kompaniyalarda menejerlarga mukofot uning ma‘suliyat markaziga ijobiy og‘ishdan ma‘lum foiz sifatida hisoblanadi. (Masalan, tejalgan materiallar, mehnatga haq to‘lash fondidan foiz sifatida) O’qitish. Byudjet menedjerlarni o‘qitishning eng yaxshi vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Byudjetlarni tuzish o‘z bo‘linmalarining faoliyatini va o‘z ma‘suliyat markazining boshqa markazlar va umuman tashkilot bo‘yicha o‘zaro munosabatlarni batafsil o‘rganishga yordam beradi. Bu esa ma‘suliyat markazi rahbari lavozimiga yangi tayinlangan shaxslar uchun juda muhimdir. Yillik byudjetni yoki o‘z ishi byudjetini ishlab chiqishda tajribasi bor har qanday odam bu jarayonning ta‘lim tabiatini tushunishi mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling