O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Mehmonxona kadrlarini o„qitish va rivojlantirish


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

4.Mehmonxona kadrlarini o„qitish va rivojlantirish 
Mehmonxonalarda ta‘lim olishga ehtiyoj mavjud bo‗lib, u xodimlarni qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ham qamrab oladi. Xodimga ta‘lim 
berishni rejalashtirish korxona ichidagi, undan tashqaridagi ta‘lim va mustaqil 
tayyorgarlik ko‗rishni o‗z ichiga oladi. Xodimga ta‘lim berishni rejalashtirish 
ishlovchilarning o‗z ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish, tashqi mehnat 
bozoridan yuqori malakali kadrlar izlamaslik imkonini beradi.
Bundan tashqari, bunday rejalashtirish xodimning harakatchanligi va o‗zini-o‘zi 
boshqarishi uchun shart-sharoitlar yaratib beradi. U xodimning ishlab chiqarishdagi 
o‗zgargargan sharoitga o‗sha ish o‗rnining o‗zida moslashuvi jarayonini 
tezlashtiradi. Amaliyotda mehmonxona xodimini o‗qitish(ta‘lim berish)ning ikki 
shakli mavjud: ish o‗rnida va undan tashqarida ta‘lim berish. 
Ish o‗rinda ta‘lim berish ancha arzonga tushadi va tezkorlik bilan ajralib turadi. 
U kundalik ish bilan bog‘liq bo‗lib, xodimning ta‘lim jarayoniga kirishini 
osonlashtiradi, bu ayniqsa auditoriyalarda ta‘lim olishga o‗rganmagan xodimlar 
uchun 
qulaydir.Ish 
o‗rnidagi ta‘limning muhim usullari topshiriqlarning 
murakkablashtirib borilishi usuli, ish o‗rnini almashtirish, tajriba hosil qilish, ishlab 
chiqarish yo‗l-yo‗riqlari berish, xodimlarning assistentlar sifatida ishlashini yo‗lga 
qo‗yish, bir qism vazifalarini va javobgarligini boshqalarga berishdir.Ish joyidan 
tashqarida ta‘lim berish ancha samarali hisoblanadi, lekin u qo‗shimcha moliyaviy 
xarajatlar bilan va xodimni xizmat vazifalarini bajarishdan chalg‘itish bilan 
bog‘liqdir. Bunda muhit ongli ravishda o‗zgartiriladi va xodim kundalik ishdan 
uzilib qoladi.
Ish joyidan tashqarida ta‘lim berishning muhim usullari: ma‘ruzalar o‗qilishi, 
ishbilarmonlik o‗yinlari o‗tkazish, aniq ishlab chiqarish vaziyatlarini tahlil qilish
konferensiya va seminarlar o‗tkazish, tajriba almashish guruhlarini tashkil etish, sifat 
to‗garaklarini tashkil qilishdan iborat. 
Xodimga sarflanadigan xarajatlar mehmonxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy 
ko‗rsatkichlarini ishlab chiqish uchun asos bo‗lib xizmat qiladi. Xodimga 
sarflanadigan xarajatlar ulushi mahsulot tannarxida ortib boradi, bu esa quyidagi 
omillar bilan bog‘liqdir: 
-mehnat unumdorligi bilan xodimlarga sarflanadigan xarajatlar o‗rtasida 
bevosita bog‘liqlikning yo‗qligi; 
-xodimning malakasiga tobora yuqoriroq talablar qo‗yadigan yangi 
texnologiyalarning joriy qilinishi; 
-mehnat huquqi sohasidagi qonunlarning o‗zgarishi, yangi tariflarning paydo 
bo‗lishi, eng zarur tovarlar (kundalik ehtiyoj uchun kerak bo‗ladigan) narxlarining 
ortishi. 
Xodimga sarf etiladigan xarajatlarni rejalashtirishda birinchi navbatda 
xarajatlarning quyidagi moddalarini nazarda tutish zarur:



58 
-asosiy va qo‗shimcha ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga mablalar ajratish, xizmat 
safarlari chiqimlari; kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish xarajatlari;
-umumiy ovqatlanish uchun qo‗shimcha haq to‗lash, uy-joy maishiy xizmat 
ko‗rsatish, madaniyat va jismoniy tarbiya, sog‘liqni saqlash va dam olish, bolalar 
muassasalari bilan ta‘minlash, maxsus kiyim boshlar bilan ta‘minlash. Shuningdek, 
mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnat qilish uchun yanada shart-
sharoitlarni yaratish (mehnat psixofiziologiyasi va ergonomikasi, texnika estetikasi 
talablariga rioya qilish) mehmonxonada sog‘lom-psixologik vaziyatni vujudga 
keltirish xarajatlari, ishchi o‗rinlarini tashkil etish xarajatlari. 
Agar kadrlar qo‗nimsizligi katta bo‗lsa, u holda yangi ishchi kuchini izlash, 
unga yo‗l-yo‗riqlar berish va ishni o‗zlashtirish bilan bog‘langan qo‗shimcha 
xarajatlar paydo bo‗ladi. Kadrlar qo‗nimsizligi yuqori bo‗lgan taqdirda ishdan 
tashqari vaqtlarda qilinadigan mehnatga haq to‗lash miqdori ortadi, yaroqsiz 
mahsulot ishlab chiqarish va bekor turib qolishlar ko‗payadi, kasallanish, ishlab 
chiqarishda shikastlanish darajasi ortadi, erta nogiron bo‗lib qolish boshlanadi. 
Bularning hammasi xodim bilan bog‘liq bo‗ladigan xarajatlarni oshiradi, mahsulot 
tannarxining ko‗tarilishi va uning raqobatga bardosh berishi darajasini pasaytirishga 
olib keladi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling