O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
Nizo jarayoni bosqichlari va uning oqibatlari
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nizoning kelib chiqish va to„qnashish jarayoni modeli
2.Nizo jarayoni bosqichlari va uning oqibatlari
Nizoning kelib chiqishi va to‗qnashishning sodir bo‗lishi bir butun jarayon bo‗lib, bu jarayon quyidagi -bosqichlarni o‗z ichiga oladi. Низоли вазият Низо сабалари Низонинг кенгайиб кетиши Вазиятни сезиш Низо келиб чикади Низони бошкариш Функционал окибатлар Низо келиб чикмайди Nizoning kelib chiqish va to„qnashish jarayoni modeli Bu jarayonning birinchi bosqichida nizo chiqishi uchun vaziyat tug‗iladi, ya‘ni tomonlar manfaatlarining qarama-qarshiligi obyektiv ravishda namoyon bo‗ladi. Ammo ochiqdan-ochiq to‗qnashuv sodir bo‗lmaydi. Bunday holat har ikkala tomon tashabbusi bilan yoki "merosdan" qolgan nizoning ta‘siri ostida vujudga kelishi mumkin. Nizoli vaziyatning obyektiv ravishda vujudga kelishiga bevosita qarama- qarshi turuvchi tomonlarning o‗zlari yoki ularning muholiflari sababchi bo‗lishi mumkin. Ular turlicha daraja (rang)ga ega bo‗lgan tomonlardir. Masalan: • darajali muholiflar — bu shaxslar; • darajali muholiflar — bu guruhlar; • darajali muholiflar — bu mehmonxonalar; • darajali muholiflar — bu dialog chog‗ida o‗z-o‗zidan qaror qabul qiluvchi shaxslardir. Nizoning rivojlanishida va sodir bo‗lishida ularning ta‘siri deyarli bo‗lmaydi. Nizoli vaziyatning boshqa bir unsuri — bu ayni shu vaziyatni keltirib chiqaruvchi obyektdir. Ko‗pincha shu obyektni "bo‗lisha olmaslik" yoki uni "bo‗lishdagi" adolatsizlik sababli nizoli vaziyat vujudga keladi. Natijada ziddiyatga boruvchi tomonlar o‗zlarining manfaatlari yo‗lida hal qiluvchi mavqeini egallashga urinadilar. Nizoli vaziyatning tashqi unsurlari ham mavjud. Bular quyidagilardir: • haddan tashqari hissiyotga berilish; • fikrini aniq izhor eta olmaslik; • bir-birini tushunishini xohlamaslik; • asosga ega bo‗lmagan noshukurlik va hokazo. Nizo sabablari (2-bosqich) va uning kengayish ehtimoli (3-bosqich)ni o‗z vaqtida sezish, (4-bosqich) nizoning yuzaga chiqmaslikka olib keladi. Agar jarayonga e‘tiborsizlik bilan qaraladigan bo‗lsa, u holda nizoning kelib chiqishi 62 tabiiy (5-bosqich). Endi uni boshqarish (6-bosqich) zaruriyati tug‗iladi. Boshqarishning samaradorligiga qarab, nizoning oqibatlari funksional va difunksional ko‗rinishlarida bo‗lishi mumkin (7-bosqich). Nizoning ettita funksional oqibati ma‘lum. Bu oqibatlar nizoni boshqarishning ijobiy samara berganligini ifodalaydi. Masalan, birinchi oqibat: • nizoni hal qilishda har ikkala tomon uchun ma‘qul qaror qabul qilinishida namoyon bo‗ladi. Qarama-qarshi tomonlar nizo echimiga teng manfaat nuqtai nazaridan yondoshilganidan mamnun qoladilar. Bunday oqibat o‗z navbatida nizo echimi bo‗yicha qabul qilinadigan qaror to‗siqlarini, ya‘ni qarama-qarshi tomonlarning bir-biriga bo‗lgan: • adovatni; • xusumatni; • dushmanlikni; • adolatsizlik kabi g‗arazli to‗siqlarni yumshatishga yoki butunlay yo‗qotishga imkon beradi. Funksional oqibatning boshqa ko‗rinishida qarama-qarshi tomonlarning ko‗proq hamkorlik qilishga, hattoki kelgusida ham o‗rtada nizo chiqarmaslikka bo‗lgan moyilliklari namoyon bo‗ladi. Funksional oqibat qarama-qarshi tomonlarning o‗zaro sir saqlashlari, go‗yo "aytiladigan fikr ular manfaatlariga zid keladi", degan gumon bilan atayin aytilmay qolgan fikrlarda ham o‗z aksini topishi mumkin. Aslini olganda, bunday oqibat ham qaror qabul qilish sifatini oshirishga undaydi, chunki bunday holat qarshi tomonning yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan nizo sabablari va obyektlarini yanada chuqurroq tahlil qilishga, unga "tashxis" qo‗yishga undaydi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling